Hozir qaysi dasturlash tillari eng ommabop? (2021 yil aprel)

DO`STLARGA ULASHING:

Tiobe dasturchilar hamjamiyati 2021 yilning aprel oyi holatiga ko‘ra tillarning ommabopligi reytingini taqdim etdi.

Java tili o‘zining 5,49% ulushini yo‘qotib, ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Birinchi o‘ringa esa ellik yildan buyon ommabopligini yo‘qotmay kelayotgan S dasturlash tili chiqib olgan.

Ko‘rib turganingizdek, uchli uchlikni 2020 yilning eng yaxshi dasturlash tili deya e’tirof etilgan Python yakunlab bermoqda.

Ro‘yxatga nazar solib, qiziq holatga guvoh bo‘lish mumkin: o‘tgan asrning 50-yillari oxirida yaratilgan Fortran dasturlash tili kutilmaganda yana ommalasha boshlagan – yigirmata nomdan iborat ushbu ro‘yxatga kirib olgan. Tiobe vakillari buni ilmiy hisob-kitoblarga bo‘lgan talabning o‘sgani bilan bog‘lashmoqda.

IBM tomonidan yaratilgan Fortran dunyoda birinchi tijoriy dasturlash tili bo‘lib, assembler tiliga muqobil sifatida maydonga tushgan. 2002 yili u ommaboplik reytingida 10-o‘ringa chiqqan, lekin shundan so‘ng urfdan qolib, yaqinlargacha 34-o‘rinda edi.

Java virtual mashinasi (JVM)da ishlovchi Groovy dasturlash tilining ham ommabopligi oshib bormoqda. O‘tgan bir yil mobaynida u 48-o‘rindan 17-pog‘onagacha ko‘tarilib olgan.

Objective-C dasturlash tili esa eng ommaboplar yigirmataligini tark etgan.

Manba: www.Terabayt.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x