HOVUZ

HOVUZsuv yigʻish va saqlash uchun qazilgan chuqur joy; ichimlik suvi saqlanaligan sunʼiy suv havzasi. H. ning toʻrtburchak, aylana, koʻp (6 — 8) qirrali koʻrinishga ega turlari mavjud. Urta Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida keng tarqalgan; asosan masjidlar yonida shaharlar maydonlari, bogʻlar, chorbogʻlar, saroy hovlisi va b. da bunyod etilgan; atrofi toshlar bilan qoplab yoki daraxtlar ekib mustahkamlangan. Hovuzlar favvoralar bilan bogʻliq boʻlgan. Hovuzning qadimdan meʼmorlikda ahamiyati katta boʻlgan. Qad. Misrda toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi Hovuz yoʻlkaning 2 tomo-nida bunyod etilgan. Keyinchalik meʼ-moriy majmualar mujassamotida Hovuzdan unumli foydalanila boshlangan: Agradagi Tojmahal, Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa, Labihovuz, bolohovuz va b. shular jumlasidan. 18-a. ga oid yozma manbalarda qayd etilishicha, Toshkentning markaziy may-doni — Registon va Shayxontohurda eng katta Hovuzlar boʻlgan, uning atrofida tut, chinor daraxtlari oʻsgan, qoʻlyozmalarga ishlangan miniatyuralarda ham Hovuz oʻz ifodasini topgan. Turkiya meʼmorligida uy devorlariga taqab yarim aylana shaklida bunyod etilgan Hovuzlar ham uchraydi. Marmar qoplab ishlangan Hovuz bejirim koʻrinishga ega boʻlgan, sirtlari ravoqlar, guldastalar, jez panjaralar bilan bezatilgan.

Buxoro shahrida 300 dan ortiq Hovuz boʻlganligi 19-a. hujjatlarida qayd qilingan. 20-a. da esa sanitariya talablari bahonasi bilan aksari Hovuzlar quritib oʻrniga binolar qurilgan. Hozirda Oʻzbekiston hududida tabiiy sharoitlarni hisobga olgan holda Hovuz (suv havza)lar bunyod etiladi, ular favvoralar bilan uygʻunlikda ajoyib manzara, soʻlim maskanlar hosil qiladi. Shuningdek, suzishga moʻljallangan Hovuzning usti ochiq va yopiq turlari koʻplab quriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x