“Hosil bayrami” tadbiri senariysi

MOSTBETDAN BONUS OLING

DO`STLARGA ULASHING:

1-Boshlovchi: -Aziz bolajonlar,hurmatli mehmonlar!Bugun maktabimizda ajoyib bayram Mehrjon-Hosil bayramini nishonlayapmiz.Hammangizni mehnat bayrami bilan tabriklaymiz!

Bolalar: — Rahmat!

1 – Boshlovchi: — O’zbegim so’zin avval

Assalomdan boshlagay

Do’tlarga qilib ta’zim

Ehtiromdan boshlagay.

Ko’ksimdadir qo’llarim

Hamma:  —            Assalomu – alaykum!

Qo’shiq:  O’zbekiston gulzor (Bolalar xor bo’lib ijro etishadi)

1 – Bola: Xush kelibsiz mehmonlar

Davramizga marhabo!

Keldi Mehrjon bayrami

Shodlik bo’lsin doimo!

2 – Bola: Keldi oltin kuz

Mevalar pishdi

Daraxtlar shoxi

Egilib tushdi.

3 – Bola: Oldik ko’p hosil

O’rik,olma,nok

Shakardek asal

Uzum qildi tok.

4 – Bola: Bizning polizda

Qovun,tarvuz ko’p

Yetildi yozda

So’yib yedik xo’p.

 

Raqs:    “Sho’x bola” ( o’g’il bolalar ijrosida )

Muzika sadolari ostida davraga “Kuz” kirib keladi.

Kuz: — Assalomu-alaykum,aziz mehmonlar! Salom, shirintoy bolajonlar!

Hamma: — Assalomu – alaykum! 

Kuz: — Men hammangizni qutlug’ ayyom,qo’yni-qo’nji liq to’lgan Hosil – Mehrjon bayrami bilan tabriklayman!

Hamma: — Rahmat!

5 – Bola: Salom, senga Mehrjon!

Birgadirsan qadrdon.

Xush kelding davramizga

Barchamiz quvnoq – shodon

1 – Boshlovchi: — Aziz Kuz fasli marhamat mana bu yerga o’tiring.Bolajonlarimiz sizni olqishlab raqsga tushib,qo’shiqlar kuylab beradilar.

2 – Boshlovchi: O’lkamizning husni,

Ochil paxtajon.

Sendan baxtimiz,

Kular har qachon.

Ko’klardan ochsin,

Biz uygan xirmon.

Bizlarga g’amxo’r,

Yurtboshi xar on

Ochil mehr-la,

Terib olaylik

Keng jahon bo’ylab,

Dovruq solaylik

1-Boshlovchi: Saxiy kuz dalalar kezib, qirlardan oshib, polizlardan o’tib, bizlarga qanday ne’matlar olib keldingiz? 

Kuz: — Men sizlarga poliz ekinlaridan olib keldim, marhamat.

Boshlariga sabzi, karam, lavlagi, sholgom, kartoshka, piyoz taqqan bolalar yarim doira bo’lib turadilar.

Sabzi: Meni sabzi deydilar

Oshga solib yeydilar

Har narsaga men oziq,

Yer tagida oltin qoziq.

Karam: Ko’ylagim qavat-qavat,

Tugmalarim yo’q faqat

Meni yaxshi ko’rar quyon

Yeb qo’yar shu on

Lavlagi:Etim semiz moyi yo’q

Terim qalin yungi yo’q

Sharbati vitaminga boy

Terib oling shirintoy

Sholg’om: Men quyoshga o’xshayman

Polizlarda yashayman

Nomim sholg’om bilib qo’y

Ovqatga solib yeb to’y

Kartoshka: Men kartoshka, kartoshka

Masalliqman har bir oshga

Menchi, sho’rva joniman

Kuch-quvatning koniman

Piyoz:         Ey o’rtoqjon,o’rtoqjon

Men o’zim rohatijon

Mensiz ovgat bo’lmaydi,

Oshga maza kirmaydi.

Hamma sabzavotlar birgalashib raqsga tushadilar.(Sabzavotlar uch qator bo’lib turib oladilar:

1 – Boshlovchi: Bizning polizimizda,

Hosilimiz juda ko’p

Ammo har kim kirolmas,

Qorovuldan o’tolmas.

U tartibni sevadi,

Har qatorni biladi.

Ketmon ko’targan Vali qorovul qo’lini peshonasiga qo’yib,uzoqqa tikiladi va poliz tomon keladi.O’z ekinlarining tagini yumshatadi,tekislab qarab qo’yadi:

Vali: — Juda qiyinmening ishim

Og’riydi belim,biqinim.

Endi ozroq dam olay,

Mana bu yerga yotaqolay.

(Vali qorovul biroz  mizg’igani  yotadi )

2 – Boshlovchi: Hozir Vali banddir juda

Ishlaydi u tunu – kunda

Uxlab qoldi charchab juda

Shu payt Xo’roz paydo bo’lib, ekinzor ichiga kirib ketadi.

Xo’roz: — Mana men xo’rozman – xo’roz,

Qu – qu – qu

Qanday yaxshi polizda,

Ovqat bo’lsa yonimda

( Xo’roz tarvuzni olib ketadi,so’ngra g’oz kirib keladi )

G’oz: —     Mana men g’oz – g’ozvoy

Hech kim yo’qmi hoy – hoy?

Qanday yaxshi polizda

Ovqat bo’lsa yonimda

( G’oz piyozni olib ketadi,so’ngra echki kirib keladi.)

Echki: — Mana men echkijon,echki

Me,me,me

Qanday yaxshi polizda

Ovqat bo’lsa yonimda

( Echki sabzini olib ketadi,shu payt sakrab-sakrab quyon chiqib keladi.)

1 – Quyon: — Kelib qoldi omadim

Polizga tushib qoldim

Keling shalpang quloqlar

Sabzi, karam yeb qoling

( Yana bir quyoncha kelib qoladi )

2 – Quyon:- O’rtoqjon qaragin,polizda kata-katta sersuv karamlar o’sib yotibdi,kel maza qilib yeymiz.Ular bittadan karamni ushlab raqsga tushadilar,shu payt Vali qorovul uyg’onib qoladi.

Vali: — Ha endi qo’lga tushdilaringmi?Endi mendan qochib qutulolmaysizlar.Quyonlar tutqich bermay karamlarni olib qochib ketadilar.Vali jahli chiqib kelib toshga o’tiradi.

Vali: — Qani karam,qani tarvuzlar? Piyozlar yo’q,ko’katlar ko’rinmaydi.Sho’rim quridi endi nima qilaman?Polizda hech nima qolmabdi – ku?

Xo’roz bilan echki kirib keladi.

Xo’roz: — Qu-qu-qu! Xafa bo’lma,azizim Vali.Sen hushyor bo’la olmading.O’z ishingga bo’sh qarading.Endi bunday qilmagin.Biz sening oldinga bayramni birga o’tkazgani keldik.

Echki: — Ammo sen bilib qo’ygin

Bunday uxlab qolmagin

Qo’riqlashmi istaging?

Postingda hushyor turgin.

Vali: — Ko’p rahmat,unutmayman.Endi sizlar bilan oynayman.

1-Boshlovchi: — Voy qanday yaxshi bo’ldi,kelganlaringiz.Biz bolalar bilan “Hosil” bayramini nishonlayotgan edik.Marhamat mehmonimiz bo’linglar!

She’r “Kuz”

Kuz keldi bizlarga oltin kosada

Sharbat ola keldi,bol   ola keldi.

Savat-savat qilib shirin mevalar,

Omborlar liq to’la don ola keldi.

Keng vodiylar bilan,dala bilan bir,

Paxta ola keldi,shon ola keldi.

Raqs: “Uch patir

Davraga Dehqonbobo kirib keladi.Yelkasida qopi bilan.

Dehqonbobo: — Salom aziz jon bolalar

Tog’da o’sgan gul lolalar

Bayramingiz qutlug’ bo’lsin

Nasibangiz to’liq bo’lsin

Hosil bayram yoqar bizga

Bolalar, rahmat sizga

Mevalardan tatib ko’ring,

Bizga rahmat aytib qo’ying,

Mevalarga mehrim berib

Jo’natgayman sizga terib

Darmon bo’lsin,quvvat bo’lsin

Kuchga to’ling ulardan yeb.

1 – Boshlovchi: — Xush kelibsiz Dehqonbobo.Mehmonimiz bo’ling.

2 – Boshlovchi: — Dehqonbobomiz yetishtirgan mevalar o’zlari haqida so’zlab berishmoqchi.Keling aziz mehmonlar ularga quloq beraylikchi,nimalar deyishar ekan.

Non ushlab olgan bola chiqadi:

1 – Bola: — Meni g’alla don deydilar

Pishirsangiz non deydilar

Sizga totli ne’mat bo’lay

Bolalarga quvvat bo’lay

Bug’doy bo’ldim pishdim qarang

Omborlarga sig’dim arang.

2 – Bola: — Olma ko’tarib:

Men olmaman,olmaman

Vitaminga boy olmaman

Meni yegan polvon bo’lur

Tomirlari qonga to’lur.

3 – Bola: — Nok ko’tarib:

Dasturxonning bezagi

Mevalarning keragi

Nok deydilar nomimni

Tatib ko’ring ta’mimni

4 – Bola: — Anor ko’tarib:

Meni anor deydilar

Mazza qilib yeydilar

Yoqut misol har donam,

Xurmo mening dugonam.

5 – Bola: — Xurmo ko’tarib:

Mening nomim xurmodir,

Demang ozroq xomroqdir.

Meni to’yib yesangiz,

Bo’qoq kasal bo’lmaysiz.

6 – Bola: — Pista,bodom,mayiz ko’tarib:

Biz bodom,mayiz,pista

Bir chetdan oling asta

Bizdan to’lar dasturxon

Mehmonlar bo’lar shodon.

7 – Bola: — Pomidor,bodring ko’targan bola

Biz pomidor ,bodring

Palov oshga qo’shib yeng.

Qish g’amini yozda yeng

Xohlang qishda tuzlab yeng

8 – Bola: — Qovun ko’tarib:

Qovunman shirin-sharbat

Qovun yeb suv ichmang faqat.

Kesildim tilim-tilim

Sizlarga ochdim dilim

9 – Bola: — Tarvuz ko’tarib:

Ichim qizil,ustim ko’k,

Shirindurman,demang po’k.

Menga vatan keng dala

Yeb to’ysin hamma bola.

10 – Bola: Oq kiyimli qiz paxta ko’tarib chiqadi:

Paxtaoyman men o’zim,

Berilib tinglang so’zim.

O’zbekiston faxriman,

O’zim juda baxtliman.

Elimga ko’ylak bo’lay,

Oq dasturxon o’rgilay.

Rangim dilimday oqdir

Niyatim shunday pokdir.

Bolalar qo’lidagi mevalarni mehmonlarning oldiga qo’yishadi.

“Paxta” raqsi qizlar ijrosida

1 – Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar,bayramimiz davom etadi.Dehqon bobomizning mehnati bilan yetishtirgan mevalarning suhbati sizga yoqdimi?

Hamma: — Ha

Kuz: — Bolajonlar,siz she’rlarni,qo’shiqlarni yaxshi aytar ekansizlar.Raqsga ham chiroyli tushar ekansizlar.Men miriqib tomosha qildim.Qani aytinglarchi,topishmoq aytsam topasizlarmi?

2- Boshlovchi: — Bizning bolajonlar juda topag’on.Ayting topishmog’ingizni.

Kuz: — Agar men sizga aytsam,

To’ni yashil beqasam

To’ni ustida oq yo’l

Hosili sersuv mo’l-ko’l

Yulduzchadek guli bor

Urug’I ichra qator

Chanqoqni bosar biling

1 – Bola: Aytaymi bu – bodiring

Kuz: — Voy birpasda topdingiz.Yana bitta topishmoq aytaman.

Rangidir to’q gunafsha

Qovurilar bir pasda

Tani silliq,uzunchoq

Ichi urug’li oppoq.

Lazzati o’ziga xos

Bir dona yedimpaqqos.

Dedimdehqonga jon-jon

2 – Bola: — Nomi esa baqlajon!

Kuz: — Bolajonlar judayam topag’on ekansizlar,meni xursand qildinglar.

1 – Boshlovchi: — Oltin Kuz,bizning bolalar raqs ijro etadilar.Marhamat tomosha qiling.

Kuz: — Voy qanday yaxshi.

“Bozor” raqsi (O’g’il bolalar ijrosida.)

Kuz: — Aziz bolajonlar! Sizlar bilan bayramni juda maroqli o’tkazdim.Men yana boshqa maktablarga borib,jajji do’stlarimni bayram bilan tabriklashim kerak.( Xayrlashib chiqib ketadi.)

2 – Boshlovchi: — Qani bolajonlar,yanakim she’r aytib beradi?

1 – Bola: Chak-chak yomg’ir tomchilab,

Yetib keldi kuz oyi

Bizga juda yoqadi,

Uning mayin shamoli.

2 – Bola: — Xazon uchar,xazon uchar,

Oltin barg yerga tushar

Shitirlaydi yerda yaproq

To’nin yechar barcha bog’.

“Yomg’ir” raqsi.( Qizlar ijrosida )

1 – Boshlovchi: — Dilimday baxtiyor O’zbekistonim.

Yashnagan paxtazor O’zbekistonim.

Ming yasha bo’lma xor O’zbekistonim

Qo’lda baxtnomang bor O’zbekistonim,

Hosil bayraming muborak O’zbekistonim!

2 – Boshlovchi: — Ishsevar qo’llari paxta ekadi.

Dovrug’in cheki yo’q,ko’kka yetadi.

Quvonchdan yuragim irg’ib tepadi

G’alaba kuyin chal O’zbekistonim,

Mo’l hosilga to’l O’zbekistonim!

MOSTBETDAN BONUS OLING

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x