Homiladorlikning nechanchi haftasidan kalsiy qabul qilish kerak?
✅ Homiladorlikda har bir daqiqa ahamiyatli bo‘ladi. Buning sababi bola tinimsiz rivojlanishda bo‘ladi. Ushbu davrda bola rivojlanish uchun barcha vitamin va minerallarni, qurilish materiali hisoblangan oqsil moddalarini ona organizmidan oladi. Shu sababli ushbu davrda ona sog‘lom bo‘lishi, turli kasalliklar yuqtirmasligi, to‘g‘ri ovqatlanishi juda muhim hisoblanadi.
☑️ Ushbu holatlarni hisobga olib shifokorlar tomonidan homiladorlik davrida turli tavsiyalar beriladi. Kalsiy preparatlarini qabul qilish qancha erta boshlansa, shuncha foydali hisoblanadi. Chunki birinchi uch oylikda homila suyak to‘qimalarining rivojlanishi kuzatiladi.
🧀 Homiladorlik davrida faqatgina kalsiy preparatlariga ishonib qolmasdan, ovqat ratsioniga ham kalsiyga boy mahsulotlarni kiritish lozim. Sut mahsulotlari, qatiq, tvorog, pishloq, tuxum, dukkaklilar va dengiz mahsulotlari kalsiyga boy hisoblanadi.