Homiladorlikdan saqlovchi dori qabul qilayotgandim. Sog‘lig‘imda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagandi. Ammo so‘nggi kunlarda jinsiy aloqa vaqti qin sohasi quruqlashib, og‘riq yuzaga kelayapti. Bu ichayotgan dori ta’siridan emasmi?
Nilufar Bo‘stonova, akusher-ginekolog:
Homiladorlikdan saqlovchi preparatlar jinsiy a’zolar faoliyatiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Ya’ni qin sohasining quruqlashishi yoki og‘riq yuzaga kelishiga sabab emas. Agar bezovtaliklar muntazam davom etayotgan bo‘lsa, shifokorga ko‘rining.