Homiladorlikda ich qotishi (qabziyat): oldini olish va davolash

Qabziyat erkaklardan ko’ra ayollarda ko’p uchraydigan holatdir. Homiladorlikda esa qabziyat bo’lishi ehtimoli yanada oshadi.

Nega aynan homiladorlikda qabziyat holati jadallashadi?

Homiladorlikning ilk davri organizmda progesteron gormonining oshishi bilan boshlanadi. Aynan shu gormon ichak tizimi faoliyatini sekinlashuviga, natijada qabziyat yuzaga kelishiga olib keladi. Homiladorlikning 2-3 trimestrida qabziyatga gormonlardan tashqari ayolning o’sayotgan qorni najas chiqish yo’llarini bosib qo’yishi, noto’g’ri ovqatlanishi va ba’zi vitaminlar(temir moddasi va kalsiy)ni qabul qilishi sababchi bo’ladi.

Homiladorlikda qabziyatning zarari yo’qmi?

Umuman olganda ayolga keltiradigan noqulayliklaridan tashqari qabziyatning homiladorlikka zarari yo’q. Lekin qabziyat tufayli ayol hojatga borganida jismonan qiynaladi. Homiladorlikda davom etgan qabziyat bavosil(gemorroy)ga olib kelishi mumkin. Hojatga borganda og’riq kuchayib, najasda qon ko’rinsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlikda qabziyat bo’lganda bavosil chiqib ketishi oson bo’lgani uchun kuchanish mumkin emas.

Homiladorlik davomida qabziyatga olib kelmaslik uchun nima qilish kerak?

1. Meva va sabzavotlardan ko’proq iste’mol qilish;

2. Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish;

3. Toza havoda ko’p yurish;

4. Tanaga quloq solish. Ichingiz kelayotgani sezilishi bilan hojatga borish. Ich kelayotganida uni chiqarmay ushlab turish keyinchalik qabziyatga sabab bo’ladi.

5. Ichayotgan vitaminingizni shifokor bilan maslahatlashgan holda almashtirib ko’rish;

6. Ko’proq qatiq yeyish;

7. Ko’proq quritilgan olxo’ri yeyish.

Homiladorlik davomida qabziyatga qarshi dori vositalarini qabul qilish mumkinmi?

Mumkin emas! Ich keltiruvchi dori vositalari bachadonga ham ta’sir etib, hatto to’lg’oqlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Huddi shunday klizmani ham muddatidan oldin bachadon qisqarishiga olib kelish havfi bor.

Onalar maslahati: yarim limon sharbatini 1 litr suvga aralashtirib erta tongda ichib olsa, ich qotishini oldini oladi.

Manba:uzbaby.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x