HOMILADORLIKDA BACHADON TONUSI
✅ Bachadon tonusining oshishi bu uning qisqaruvchanligining ortishidir. Me’yoriy holatda bu holat tug‘uruq vaqtida bo‘lishi kerak. Aynan bachadonning qisqarish funksiyasi tufayli bola dunyoga keladi.
🔹Homiladorlik davrida tonusning kuzatilishi bola oziqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, bola rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bachadon tonusi homiladorlikni erta bosqichlarida spontan abortga sabab bo‘lishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida esa erta tug‘ruq kuzatilishi mumkin.
🔸Bachadon tonusiga bachadonda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari, ayolning yoshi (20 yoshdan kichik va 40 yoshdan katta), endokrin kasalliklar, tuxumdonlar polikistozi, stress, uyquga to‘ymaslik, foliy kislotasi yetishmovchiligi sabab bo‘ladi.
☑️ Shu sababli homiladorlik davrida muntazam ginekolog nazoratida bo‘lish, stress holatlaridan uzoq bo‘lish, yaxshi uxlash, yaxshi kayfiyatda bo‘lish, yaxshi ovqatlanish tavsiya etiladi.