Homiladorlik davrida kandidoz

Homiladorlik davrida kandidoz kasalligi homilador bo‘lmagan ayollardan ko‘ra 2-3 barobar ko‘proq uchraydi. Bunga sabab homiladorlik davrida qindagi kimyoviy muhit bakteriya uchun qulay bo‘lib qolishi, immunitetning pasayishi va ona organizmidagi garmonal o‘zgarishlardir.

Kandidoz alomatlari:kandidoz

  • tashqi jinsiy organlarda qattiq qichishish (ayniqsa uyqu payti va suv tekkanda qichishish kuchayadi.
  • qindan oq rangli, tvorogsimon suyuqlik ajralishi;
  • jinsiy aloqa davomida og‘riq;
  • siyish davomida og‘riq.

Lekin bu simptomlar boshqa infeksion kasalliklar (trihomoniaz, gardnerellez, gonoreya, gerpes va boshqalar) simptomlariga o‘xshash bo‘lgani uchun, faqat simptomlarga asoslanib davolanish noo‘rin bo‘ladi.

Davolanishdan oldin qin analizi orqali infeksiya turi aynan kandida ekanligi aniqlab olinishi shart.

Homiladorlik davomida kandidozni davolash:

Odatda vrach kandidoz kasalligi onaga homiladorlik davomida jiddiy qiyinchilik keltirmayotgan bo‘lsa, davolamaydi. Lekin tug‘ishdan oldin qinni barcha infeksiyalardan holi qilish shart.

Chunki bola onaning jinsiy organlaridan o‘tayotganda, u yerdagi mavjud infeksiyalarni o‘ziga yuqtirib olishi mumkin.

Davolash usulini shifokorning o‘zi homilador ayolning organizmiga va kasallik darajasiga qarab belgilaydi.

Uy sharoitida, reklama qilinadigan dorilar bilan o‘z holicha davolanish mumkin emas.

Agar kandidoz homiladorlikning boshida namoyon bo‘lsa (dori ichish mumkin bo‘lmagan davr) u holda kasallik simptomlarini yengillashtirish uchun oddiy brilliant yashili (zelyonka)dan foydalanish mumkin. Buning uchun toza dokadan tampon qilib, brilliant yashiliga botirib, qin devorlarini va tashqi jinsiy organlarni artib chiqish lozim.

Undan tashqari, iloji boricha shirin, achchiq va hamirli yeguliklarni kamaytirib, ko‘proq qatiq va qatiqdan tayyorlangan yeguliklardan iste’mol qilganingiz ma’qul bo‘ladi.

Homilador ayollar uchun immunitetni oshiruvchi maxsus polivitaminlarni ham shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishingiz foydadan holi bo‘lmaydi.

Телеграмдаги расмий каналимизга аъзо бўлинг!

Аъзо бўлиш

Бош саҳифа » Ginekologiya » Homiladorlik davrida kandidoz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x