Homila nobud bo’lishi havfi bor!

Homila tushish havfi va Sabablari.

Homilador boʻlgan boʻlgʻusi onalar faqat bir narsani farzandini sogʻ salomat bagʻriga bosib olishni noyat qiladilar.  Lekin afsus, shunday holatlar boʻladiki homiladorlik erta bosqichlarda yakun topadi.   

Homila erta tushishiga sabab boʻgʻuvchi bir nechta omillar bor. Buni har bir ona boʻlishga tayyorlanayotgan ayol bilishi zarur.

GENETIK OMILNING BUZILISHI.  Homila toʻlaqonli shakillanishi uchun ota va onadan teng miqdorda yaʼni 23 tadan olingan xromosomalar kerak boʻladi. Agar homiladagi ana shu 46 ta xromosomalarning bittasi mutatsiyaga uchragan boʻlsa ona organizmi bu homilani toʻlaqonli deb hisoblamaydi va uni siqib chiqaradi va tabiiy abort yani homila tushishi yuzaga keladi.
Xromosomalarning mutatsiyasiga yomon ekologik omillar, infeksiya va viruslar, kasbiy xavf (rentgen nurlari, koʻp kompyuter bilan ishlash, zararli moddalar bilan ishlash) sabab boʻladi.
Homiladorlik boʻlishni rejalashtirsangiz bir muddat bunday zararli omillardan chetda boʻlganingiz maʼqul. Eng yaxshisi taʼtilga chiqib, toʻgʻ va toʻgʻ oldi joylarda taʼtilni oʻtkazing

GORMONAL OʻZGARISHLAR. Maʼlumki ayol organizmi boshqaruvi gormonlar qoʻlida desak hato boʻlmaydi. Organizmdagi gormonal buzulishlar homila tushish havfini oshiradi.
Ayniqsa ayolda erkaklik gormoni boʻlgan progesteron gormonini oshishi bunga sabab boʻladi
️Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin gormonlar meʼyorini tekshirish va zarur boʻlsa davolanib, keyin homilador boʻlish tavsiya etiladi

INFEKSIYA VA VIRUSLAR. Bu ikkisi organizm dushmanlari hisoblanib homila uchun juda havfli
Ayniqsa jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiya homilani zararlab, uni nobud qilish hususiyatiga ega.
Bunday boʻlmasligi uchun albatta er-hotin infeksion kasaliklardan saqlanishi, homiladorlikni rejalashtirishdan oldin ota ham ona ham analizlar topshirib, infeksiya yoki viruslar aniqlangan holatda albatta davolanishlari zarur.

REZUS MANFIY. Agar ota onani qoni bir biriga mos tushmasa (+/-) bu vaziyat homila uchun havfli hisoblanadi. Ona qoni manfiy rezus otaniki musbat rezus boʻlsa homila otaning musbat qonini oladi. Bunda manfiy rezusli ona organizmi musbat rezusli homilani organizm uchun begona bilib uni siqib chiqarishga urinadi. Natijada bola tushish havfi tugʻuladi.
Homilador boʻlishdan oldin albatta ota onaning qon guruhlari aniqlanishi lozim
Qarama qarshi omilli qon gruhli ota onalar farzandli boʻlishni istashsa, homila yuzaga kelgach albatta shifokor nazoratidan oʻtishi, zarur boʻlsa ona gormonal davolash kursini oʻtishi kerak. Bunda onaga progesteron gormoni buyuriladi. U homila uchun qobigʻ vazifasini oʻtab, qarama qarshi omilli ona qonidan homilani himoya qiladi va tushsh havfini kamaytiradi

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x