HOL

HOL (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ishharakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi. Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari b-n, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (Oybek); Sulaymonov tantanali ravishda knopkani bosdi (Abdulla Qahhor); Yetti oʻlchab, bir kes (Maqol). Ravishning barcha turlari Hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari Hol vazifasida keladi. Mas, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Uzbek tilida Hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz H. — ishharakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Mikdor-daraja Holi — ishharakatning bajarilish darajasini, shu bajarilish bilan birga bogʻliq boʻlgan miq-dorni bildiradi: Koʻp oʻyla, oz soʻzla (Maqol). Sabab Holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berish saba-bini bildiradi. Bunday Hollar feʼl bilan ifodalangan boʻlakka ham, ot bilan (keng maʼnoda) ifodalangan boʻlakka ham bogʻlana oladi: Qolaversa, k ye n – jaukamizga jonimiz kuyga-nidan keldik (O. Yoqubov). Usha oqshom men andak sharob ichganim uchun kayfiyatim yaxshi edi (R. Tagor). Maq-sad Holi — harakat, holat yoki belgining roʻy berishidagi maqsadni ang-latadi: Sizni deb bu yerga keldim, Yoʻlchi aka (Oybek). Shart Holi — harakat, holatning biror shart asosida roʻy berishini bildiradi: I sh – lasa, tishlaydi. Toʻsiqsizlik Holi — harakat, holatning roʻy berishiga toʻsiq boʻla olmagan shartni bildira-di: U koʻrsa ham oʻzini koʻrmaslikka soladi. Oʻrin Holi — harakat va holatning roʻy berishi, boshlanish, yoʻnalish oʻrnini va bu yoʻnalishdagi soʻnggi nuqtani bildiradi: Stansiyadan temiryoʻlchilar, shahardan hasharchilar yetib keldi (A. Mux-tor). Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu (Maqol). Payt Holi — harakat, holatning roʻy berish vaqtini anglatadi: Ertaindin bu srlar qam chamandek yashnaydi (Sh. Ra-shidov).

Soʻnggi yillarda Hol boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari Holning maʼno (mazmun) turlari keragicha taqlil qilingan boʻlsa-da, uning grammatik tabiati chuqur va atroflicha tavsif etilmaganligini koʻrsatadi. Amalga oshirilgan tadqi-qotlar ham Holning faqat nutqiy koʻlamdagi tashqi belgilari, maʼnosi, vazifasi hamda ifodalanish xususiyatlarini talqin qilishga bagʻishlangan.

Ad. Ubayeva F., Hozirgi oʻzbek adabiy tilida hol kategoriyasi, T., 1971; Oʻzbek tili grammatikasi, 2-j., Sintaksis, T., 1976. Ilhomjon Madrahimov,

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x