HOJINOVA Maqsuda Aʼzamovna (1912.8.7 – Toshkent – 1981.4.11) – mexanika sohasidagi olima, Oʻzbekiston FA akad. (1966), texnika fanlari d-ri (1958), prof. (1959). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964). Toshkent iqtisod-sanoat texnikumini tugatgan (1929), G. V. Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi in-tini (Moskva) tugatgan (1936). Oʻzbekiston savdo vazirligida ishlagan (1936—37). Toshkent toʻqimachilik in-tida oʻqituvchi (1944— 52), shu in-t rektori (1957—73). Ayni vaktda toʻqimachilik materialshunosligi kafedrasi mudiri (1957-y. dan). Ilmiy ishlari paxta, kanop (zigʻir) tolalarining mexanik xossalarini oʻrganishga oid. Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Hojinova kalta kanop tolasidan toʻqimachilik ipi olish texnologiyasini ishlab chiqdi va sanoatga tat-artisti (1U8«). Andijon gʻijjakchilik maktabining yirik vakili. Ilk musiqa saboqlarini togʻasi Ergash Ab-durahmonovdan, milliy mumtoz musiqa namunalari va sozandalik sanʼatini Yu. Ra-jabiy, K. Jabbo-rov, S. Kalonov lardan oʻrgaigan. Yangiyoʻl teatrit sozanda (1942—45), Andijonda cholgʻu ansambli (1946 — 49), Andijon teatri (1949—90) da sozanda va musiqa rahbari, bosh dirijer (1990-2003). 1995-y. dan oʻgʻli Ravshanbek Hojinova bilan «Meros» maqom an-sambli rahbari. 1998-y. dan Andijon un-tida pedagog, faxriy prof. (2001). Cholgʻu kuylar, ashulalar («Jafo qil-ma», Sakkokiy gʻazali; «Xirom etgil», Dilafkor; «Lola sayli», E. Vo-hidov; «Nozima», «Gul uzatsam», P. Moʻmin; «Koʻz qorayguncha», Hofiz va b.), spektakllar (M. Boboyevning «Vatan madhi», A. Qodiriyning «Me-robdan chayon» va b.)ga musiqa bastalagan. Nozik taʼb sozanda Hojinova repertua-ridan «Miskin», «Ajam», «Nasru-loyi 1-4», «Nasri Segoh 1—3», «Sar-parda», «Rok», «Qurbon qaytarma» kabi cholgʻu kuy (turkum)lar oʻrin olgan. Hojinova oʻziga xos, jozibali ovozida «Ushshoq», «Girya 1—2», «Azim daryo», «Bayot», «Dugoh» kabi mumtoz ashula va maqom yoʻllarini talqin etgan. H. A. Ismoilov, . Oxunova, K. Rahimov, N. Hamrokulov, A. Dadayev, Oʻ. Nuraliyevlarga ustozlik qilgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые