HOJIB (arab. — xizmatkor) — 1) Somoniylar, Qoraxoniylar, Sal-juqiylar kabi oʻrta asr saltanatlarida hukmdor qabulxonasi boshligʻi, E1PIK ogʻa. Saroy kotiblari. xazinachi va b. unga bevosita boʻysunganlar. Xorijiy yurtlardan kelgan elchilar hukmdor qabuliga kirishdan oldin Hojib bilan uchrashgan. Hojibdan davlat ishlarida hushyor boʻlish, sir saqlash, mamlakat gʻanimlari, muxoliflari bilan muzo-karalar yurita olish qobiliyati talab qilingan. Saltanat, hukmdor oldidagi salmoqli xizmati evaziga Hojibga xos Hojib yoki ulugʻ Hojib unvonlari berilgan. Manbalar zarurat tugʻilganda Hojibning harbiy harakatlarda ham ishtirok etganligidan shahodat beradi. Moʻgullar davridan eʼtiboran Hojib vazifasini bajaruvchi shaxs «shigʻa-vul» atamasi bilan atalgan.
Abulfazl Bayhaqiyning «Taʼrixi Masʼudiy» asarida yozilishicha, Hojiblar ulugʻ Hojib, saroy Hojib, navbatchi H. H.-jomador kabi turli darajadagi man-sablarni egallashgan. Rasmiy marosimlarda ulugʻ H. oliy hukmdorga eng yaqin joyni egallagan. Janglarda ulugʻ H. qoʻshinning masʼuliyatli qismlaridan biri — chap qanotga qoʻmondonlik qilgan. Hojiblar odatda qora chakmon va 2 uchli kuloh kiyib yurganlar;
2) Oʻrta Osiyo xonliklarida darvozabon.