HOJI TAM-TAM

HOJI TAM-TAM (aslida Homidov Hoji Qurbon, 1888 — Samarqand — 1964.24.1) — xalq qiziqchisi, Eski maktabda savod chiqargan. Yoshligidan xalq sayillarida hofizlar, mashshoqlar, nazm ahli orasida boʻlib, ashula yoʻllarini, muqallid qilishni oʻrganadi. Mashhur xonanda Hojiabdulaziz Abdurasulov bilan hamkorlik qilgan. Hoji tam-tam t-t askiya turi — shirinkorlikning, shuningdek, doira chalish, choʻp va qayroq bilan ijro etiladigan oʻyinlarning ustasi boʻlgan. Odatda u qoʻshiq aytganda, oʻziga oʻzi soz bilan emas, balki «tam-tam» deb rubobning jarangiga qilinadigan taqtidiy ohangi bilan joʻr boʻlgan. Shu bois xalq uni Hoji tam-tam t-t. deb ketgan. 1937-y. Moskvada oʻtgan oʻzbek sanʼati dekadasida, Kattaqoʻrgon suv ombori va Katta Fargʻona kanali qurilishlarida qatnashgan. Samarqanddagi Yosh tomoshabinlar teatri (1942—43), Musiqali drama va komediya teatrida (1943—47) ishlagan. Uning repertua-rida oʻzbek, tojik, ozarbayjon, uygʻur, rus xalq qoʻshiqlari, lapar va latifalari, muqallidlari katta oʻrin tutgan. Hoji tam-tam t-t. aytgan «Karima koʻylak kiyadi», «Kolxozga kirdim», «Yalli-yalli», «Bor-bora bormayman», «Omon-omon», «Biyo yak», «Meravam», «Uka, chilim chekmang», «Yexal iz yar-marki uxar» kabi qoʻshiqlar ommalashgan. Shuningdek, u Hojiabdula-ziz, Levi Boboxonov, Domla Halim Ibodov va b. ga taqlid-parodiya ham qilgan. Doni Zokirov, Nabijon Hasanov, Sharif Akromov kabi bastakorlar undan qoʻshiqlar oʻrganishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x