HOJI BARLOS

HOJI BARLOS (? – 1361) – Sohibqiron Amir Temurnint amakisi. movarounnahrning nufuzli va yirik (bekamir)laridan. Amir Qazagʻonning oʻgʻli amir Abdulloh oʻz qarorgohini Samarqandga koʻchirmoqchi boʻlganda norozi beklar tomonidan oʻldirilgach, amir Bayon Sulduz va amir Hoji Barlos mamlakatni oʻz qoʻllariga olib, idora etish va xalq osoyishtaligini taʼminlashga harakat qiladilar. Kesh sh. ilgaridan Sohibqiron va amir Hoji Barlos ajdodlari tasarrufida boʻlgan. Hoji Barlos nufuzi baland bek boʻlishiga qaramay nisbatan jurʼatsiz va qoʻrqoq shaxs edi. 1360-y. u Jete sipohining bostirib kelishidan qoʻrquvga tushadi va qadim yurtini eʼtiborsiz qoldirib, Xuro-son tomon yuzlanadi. Xurosondan qaytgan Hoji Barlos amir Boyazid bilan ittifoq tuzib Amir Temurga qarshi Oqyor mavzesida jangga kiradi va magʻlubiyatga uchrab, Samarqandga qochadi. Maʼlum muddatdan soʻng H. B. Sohibqiron bilan yarashadi va ular amir Xizr ustiga yurish qilib, gʻalaba qozonishadi. 1361-y. Jete hukmdori Tugʻluq Temurxon ikkinchi bor Movarounnahrga cherik tortib kelganda Hoji Barlos vahima va qoʻrquvga tushib Kesh tomonga, u yerdan Jayhunni kechib oʻtishga jazm qiladi. Sabzavor viloyatining Joʻyan tumanidagi Xoʻrosha qishlogʻiga yetgan chogʻida shu joyning bir toʻda isyonkorlari uni birodari Idiku bilan tutib olib, qatl etadilar.

Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Sharafuddin Ali Yaz-diy, Zafarnoma, T., 1997.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x