HOFIZ TANISH BUXORIY

HOFIZ TANISH BUXORIY ibn Mir Muhammad Buxoriy, Mavlono Naxliy (taxm. 1540 — Buxoro — 1589) — tarixchi olim va shoir. Otasi Mir Muhammad Buxoriy Ubaydullaxonnit eng yaqin kishilaridan sanalgan. Hofiz Tanish Buxoriy Buxoro madra-salarida tahsil olgan.

Kulbobo Koʻkaldoshncht tavsiyasi bilan Hofiz Tanish Buxoriy Abdullaxon II saroyiga xizmatga S qabul qilingan va xonning shaxsiy S voqeanavisi (tarixchisi) qilib tay – inlangan (1570-y. dan). U umrining 1 oxirigacha shu lavozimda xizmat 1 qilgan. Hofiz Tanish Buxoriy oʻz davrining yetuk shoiri 1 boʻlib, u «Mavlono Naxliy» taxallu – 1 si bilan sheʼrlar yozgan. 1560y. dau#skandarxon taxtga oʻtirganida unga qasida bagʻishlagan. Uning sheʼrlari koʻplab tazkiralar va bayozlarda uchraydi.

Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining shoh kitobi — «Ab – : dullanoma» («Sharafnomai shohiy») I asari bilan tanilgan. Asar shayboniylardan Abdullaxon II ga bagʻishlangan boʻlib, 1584—88 y. larda Buxoroda fors tilida yozilgan. Muallifning rejasiga koʻra, asar muqaddima, 2 qism (maqola) va xotimadan iborat boʻlishi moʻljallangan. Biroq asarni yozish jarayonida reja oʻzgargan. 1-va 2-maqolalar qoʻshib yozilgan, xotima esa muallifning vafoti tufayli yozilmay qolgan. Mutribiyning guvohlik berishicha, «Abdullanoma» asarining oxirgi qismini Abdullaxon II ning topshirigʻi bilan qozi Poyanda Zominiy (1602-y. v. e.) yozgan.

«Abdullanoma» asari sharqshunos olim Sodiq Mirzayev tomonidan oʻzbek tiliga toʻliq tarjima qilingan. Bu asar B. Ahmedov soʻz boshisi va izohlari bilan birgalikda 2-marta nashr etilgan. Asarning rus tilidagi tarjimasi M. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilib, uning faqat I—II qismlari faksimilesi bilan chiqarilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondlarida saqlanadi (inv. №2207, 3781). Sankt-Peterburgda asarning uchta qoʻlyozmasi mavjud.

As: Abdullanoma, 1-j., T., 1966; 2-j., T, 1969; Abdullanoma (tuliq nashri), 1-kitob, T., 1999; 2-kitob, T., 2000; Sharafnoma-yi shaxi, chast 1, M., 1983; chast 2, M., 1989.

Ad.: Ahmedov B., Munirov Q., Hofiz Tanish Buxoriy, T, 1963; Hasanov H., Sayeh olimlar, T., 1981,Ahmedov B., Oʻzbekistonning atoqli tarixshunos olimlari, T, 2003.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x