HOFIZ

HOFIZ (arab. — yoddan biluvchi, saqlovchi) — 7-a. dan arablarda Qurʼon suralarini yoddan qiroat bilan oʻquvchi kishi, qori. 11-a. dan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo va Xuroson)da mumtoz gʻazal va dostonlarni yoddan aytgan kishilar, shuningdek, oʻzi ham ijodkorlik qobiliyatiga ega, kuyohanglarni esda saqlash quvva (hofiza) si oʻtkir boʻlgan, yuqori malakali ashulachi, xonanda (mas, Toʻychi hofiz, Levicha hofiz, Madumar hofiz va b.). Ayni paytda, oʻz gʻazallarini ohangli oʻqigan hassos shoirlarga ham Hofiz darajasi nisbat berilgan (Hofiz Sheroziy, Hofiz Xorazmiy va b.). Xalq orasida «Hofizi namudor» (nom qozongan Hofiz), «Hofizi nusrat» (gʻalaba qozongan, hofizlar bellashuvida gʻolib chiqqan Hofiz), «Hofizi mehrobxon» (Qurʼon suralarini, «Naʼt» kabi diniy aytimlarini oʻta yoqimli ovoz bilan oʻqiydigan Hofiz ; mas, Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida tilga olingan Hofiz Jaloliddin Mahmud va b.), «Hofizi Qurʼon» (butun Qurʼonni yod bilgan qori) kabi atamalar ham qoʻllangan.

Oʻrta Osiyoda Hofiz va hofizlik sanʼ-ati «jirchi», «oqin», «girchi», «giranda» deb atalgan oʻziga xos xonan-dalik anʼanalari negizida rivoj topgan (q. Borbad, Jirov). Oʻzbekistonda 1920-y. larda «Turkiston Respublikasi xalq hofizi» unvoni M. Qoriyoqubov, Toʻychi hofizlarga berilgan. 1940—60 y. larda va 1990-y. dan «Oʻzbekiston xalq hofizi» un-voni joriy etilgan.

Baxriddin Nasriddinov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x