HOʻKIZ

HOʻKIZ — ish hayvoni; 2 yoshdan oshgan, qoʻshta yaraydigan bichilgan erkak qoramol. Mustahkam va dagʻal konstitutsiyali novvoslar bir yoshdan oshganda axtalanib, ish hayvoni sifatida 18 — 24 oyligidan boshlab turli xoʻjalik ishlarini bajarishda foydalanilgan. Omoch bilan yer haydash, gʻalla yanchish (hoʻp), aravalarga qoʻshib yuk tashish ishlarida asosiy ulov boʻlgan. Osiyo, Afrikaning ayrim mamlakatlarida Hoʻkizlar asosiy ish va miniladigan (transport) hayvon sifatida hozir ham koʻp ishlatiladi. Oʻzbekistonda Hoʻkiz lardan xoʻjalik ishlarida 20-a. ning 50-y. lari boshiga qadar foydalanilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x