HISORAK SUV OMBORI — yirik gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmogʻi boʻlgan Oqsuv daryosi oʻzanida barpo etilgan. Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. 1983—88 y. larda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln. m foydali hajmi 161,6 mln. m Tosh-tuproqli toʻgʻoni uz. 666 m, bal. 138 m, suv yuzasi 4,2 km2, suv chiqaruvchi inshootning suv oʻtkazish imkoniyati 200 m3/s, suv tashlama inshootniki 130 m3/s. H. s. o. toʻgʻon, suv chiqarish, suv tashlama in-shootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoklari bilan jihozlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые