HISOBLASH TEXNIKASI

HISOBLASH TEXNIKASI — hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Vaqtni hisoblash, yer maydonlarining sathini aniqlash, savdosotiq hisoblari va b. yumushlar bilan bogʻliq masalalar qadimdan maʼlum. Hisoblashlarni mexanizatsiyalashtiruvchi dastlabki sodda qurilmalar — abak, xitoy choʻti va oddiy hisoblash masalalarini yechish qoidalari mil. av. vujudga kelgan. Neper shkalasi, logarifmik lineyka, B. Paskalning (Fransiya) arifmetik mashinalariga oʻxshash hisoblash qurilmalari 17-a. dayoqmaʼlum edi. 18 — 19-a. lardagi sanoat inqilobi Hisoblash texnikasi rivojlanishiga turtki boʻldi. 1833-y. da ingliz olimi Ch. Bebbij arifmetik va xotira qurilmali dasturli boshqariladigan katta arifmometr — «analitik mashina» loyihasini ishlab chiqdi, lekin uning loyihasi 100-y. dan keyingina muhanlislar diqqatini oʻziga jalb qildi. 1944-y. AK,Sh da elektromagnit releda ishlaydigan «MARK-1» dasturli boshqariladigan raqamli hisoblash mashinasi (RHM) qurildi. 20-a. 40-y. larida dasturli boshqariladigan elektron RHMning yaratilishi Hisoblash texnikasi taraqqiyotida keskin burilish yasadi. Keyinchalik RHMning texnik parametrlari takomillashti-rilib borildi, ularning ishlash tezligi va xotira hajmi bir necha marta orttirildi. 1950-y. da Ukraina FA akad. S. A. Lebedev rahbarligida birinchi elektron RHM «MESM» (kichik elektron hisoblash mashinasi) qurildi. 1953-y. da S. A. Lebedev rahbarligida Aniq mexanika va hisoblash texnikasi intida «BESM» (tez ishlaydigan elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. Elektron texnikasining rivojlanishi Hisoblash texnikasining tez takomilla-shishiga sabab boʻldi. Dastlabki EHM lari lampali boʻlgan, keyinchalik ular yarimoʻtkazgichlardan tayyorlana boshladi. Bunday EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Hozir asosan kompyuterlar ishlatiladi (q. Kiber-netika).

Axborotlarni qayta ishlash tizimlarida, kemalar, samolyotlar, kosmik obyektlar va b. ning koordinatlarini tez va aniq belgilashda, kutubxonalardagi jarayonlarni va bibliografik ishlarni mexanizatsiyalashda, bank, omonat kassalar va b. moliya muassasalarining ishlarni markazlashtirishda Hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.

Oʻzbekistonda Hisoblash texnikasiga doir i. t. ishlari Kibernetika instituti, Oʻzbekiston milliy un-ti, Toshkent texnika un-tida olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x