HIROT MINIATYURA MAKTABI

HIROT MINIATYURA MAKTABI — 15-a. da Hirotda shakllangan tasviriy sanʼat (miniatyura)shsh uslub. 20—30-y. larda Shohrux saroyida qoʻlyozma kitoblar tayyorlanadigan ustaxonasi boʻlgan kitobxona yuzaga kelgach, u yerda adabiy va tarixiy mazmundagi qoʻlyozmalarni bezovchi musavvirlar, xattotlar, naqqosh, muzahhib va b. toʻplandi. Ularga shahzoda Boysungʻur Mir-zo homiylik qilgan. 15a. 1-yarmida yaratilgan miniatyura asarlari badi-iy-tasviriy usulining nafisligi, boy koloriti, tinimsiz izlanuvchanligi va oqibat natijada turgʻun kompozitsiyalar va tasviriy qoidalarining puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi. Anʼanaviy mavzular orasida majlis, jang, ov, sevishganlar uchrashuvi, donolar suhbati, qahramonlar jasorati va b. yetakchi oʻrin tutadi. Mir Xalil, Gʻiyosiddin (Xitoydagi elchixonada ishlagan), Xoʻja musavvir va b. ustalar tomonidan yaratilgan asarlar orasida «Shohnoma» (1429/ 30, Tehrondagi Guliston muzeyida), «Kalila va Dimna» (1429, 1430, istanbuldagi Toʻpqopu saroy kutubxonasida), Nizomiyning «Xamsa» (1431, Ermitajda; 1445, Toʻpqopu saroy kutubxonasida) asarlar qoʻlyozmalari mashhur. 15-a. 2-yarmida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy homiyligi tufayli Hirot miniatyura maktabi oʻz taraqqiyotining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. Bu davrda rasm va ranglar uygʻunligi tuzili-shining mohir ustalari boʻlgan mirak Naqqosh, Xoʻja Muhammad naqqosh, Xoʻja Ali al-musavvir, Shoh Muzaf-far kabilar ijod qildi; ijodiy kamolot choʻqqisi Kamoliddin Behzod boʻldi. Uning ijodida bu maktabning joʻshqin, harakat va detallarga boy kompozitsiyalardan his-tuygʻularni ifodalash usuliga, shuningdek, port-ret janriga oʻtishdek taraqqiyot yoʻli oʻz ifodasini topdi. Uning har bir yaratgan asari, shoh asar edi; zamondoshlari uning asarlarini badiiy mukammalligi, oʻta hayotiyligi va haq-qoniyligi uchun qadrladi. Behzod rah-barligida shogirdlarning butun bir avlodi yetishib chiqdi: Darvesh Muhammad, Maqsud, Mulla Yusuf, origi-nal kompozitsiyalari, mahorati bilan ustozidan qolishmaydigan Qosim Ali va b. tomonidan Navoiyning «Sabʼai sayyor» (1485, Oksforddagi Bodli kutubxonasida), Saʼdiyning «Guliston» (1486, Parijdagi Rotshild majmu-asida), Nizomiyning «Xamsa» (1494/ 95, Britaniya muzeyida), Dehlaviyning «Hasht bihisht» (1496/97, Toʻpqo-pu saroy kutubxonasida) va b. bir qator qulyozmalar bezatildi, alohida mini-atyuralar (Sulton Husayn, Shayboniyxon, Jomiy, Xatifiy va b. portretlar) yaratildi.

Hirot miniatyura maktabining oʻziga xosligi — qoʻlyozmalarni bezash uchun ajratilgan sahnalar ishtirokchilarining tanlab olinishi bilan bogʻliq. Kompozitsiyada ishtirokchilar doira shaklida joylashtirilishi ham aynan ushbu maktabga xos anʼana. H. m. m. vakillari geo-metriya, falsafa, adabiyot va b. sohalardan ham xabardor boʻlib, miniatyu-ralaridagi meʼmorlik koshinlari, Meʼroj» (Amir Xusrav va Xasan Dehlaviyningterma «Devon»iga ishlangan, 1551). gilam, kandakorlik, kulolchilik, liboslarga ishlangan naqshlar aniq va ishonarli qilib tasvirlagan. Maz-kur maktabning yana bir xususiyati — Xitoy tasviriy sanʼatining baʼzi ifodaviy unsurlaridan ijodiy foydalanishdan iborat (Xitoy ipaklari-da, miniatyura va laklangan qutichalarga ishlangan «jimjimador bulut» tasviri Hirot miniatyuralarida koʻp uchraydi va h. k.). Ranglarni tanlash borasida ham bu maktab K. Behzod boshlab bergan anʼanalariga ega. Hirotlik musavvirlar ranglarni ramziy va ifodaviy talqin etili-shida koʻproq shoir izidan borishga harakat qiladilar.

Hirot miniatyura maktabi boshqa badiiy markazlar (jumladan, Buxoro miniatyura makpga-bi, Samarqand miniatyura maktabi, Tabriz miniatyura maktabi va b.)ning rivoji (jumladan, ularning musav-virlari ijodi)ga katta taʼsir etdi. Bu maktab vakillari yaratgan asarlar jahon badiiy merosiga bebaho hissa boʻlib qoʻshildi.

Ravshan Fatxullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x