HINDOL MIRZO (1518 – Kobul – 1551) — boburiylarp&n. Boburnnng 4-oʻgʻli. Onasi Dildor begim. Boburshoh Hindistonni fath qilishga kirishgan (Bahrani olgan) davrida shu farzandi tugʻilgan, shuning uchun «Hindni ol!» ramziy maʼnosida Hindol deb ism qoʻygan. Bobur hayotligida u Badaxshon hukmdori edi (1526—30). Humoyun taxtga oʻtirgach, ukasi Hindol Mirzoga Mevat va Olur viloyatlarining hukmronligini bergan (1530—38). 1538-y. boburiylar oʻrtasidagi ichki nizolardan foydalangan Shershoh Bihar, Junpur va kanaujgacha boʻlgan yerlarni bosib olgan. Shu asnoda H. M. Humoyunshohga qarshi bosh koʻtargan va Agra sh. ni bosib olgan hamda oʻzini podshoh deb eʼlon qilgan. Biroq Komron Mirzo oʻz qoʻshini bilan kelib, Agrani Hindol Mirzo. dan tortib olgan. Ammo tez fursatda Shershoh Agra va b. shaharlarni birin-ketin bosib olgach, Komron Mirzo bilan H. M. Kobulga qochishgan. 1544-y. da Humoyun Erondan qay-tib kelgach, boshqa ukalari qatori Hindol Mirzoning ham gunohini kechirgan. Hindol Mirzo umrining oxirigacha Humoyun-shohga sodiq qolgan.
Hindol Mirzo sheʼriyatga qiziqqan, turkiy va forsiy tillarda gʻazallar yozgan.
1551-y. dagi «xandaq jangi»da H. M. Komron Mirzo odamlari tomonidan yaralanadi va oʻsha kuni olamdan oʻtadi. Hindol Mirzoning jasadi Kobulda otasi boburning maqbarasi yoniga dafn etilgan. 1607-y. da Jahongirshohfarmoniga binoan Hindol Mirzoning qabriga lavha oʻrna-tilgan.
Ad. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995.