HIMS — Suriyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Hims muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 558 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari chorrahasi. Hims orqali Iroq va Suriyaning neft konlaridan Tartus va Baniyos portlariga quvurlar, damashq, Halab va Latakiyaga oziq-ovqat quvurlari oʻtkazilgan. Neftni qayta ishlash, kimyo, poʻlat prokati, se-ment, shakarqand, toʻqimachilik va b. sanoat korxonalari mavjud. Q. x. (hoʻl meva, don, chorvachilik) r-nining savdo markazi. Oʻrta asrlarda qurilgan devor qoldiqlari, Nuriddin masjidi (12-a.) va b. meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые