HIMOYA ASLAHALARI — jangchilar jangda foydalanadigan himoya vositalari. Qadimda charm koʻkrakpoʻsh, du-bulgʻa, qalqon, sovut, zirh, javshan, jubba, hafton, baktar va boshqalar Himoya aslahalari hisoblangan. Otlar ustiga maxsus yopgʻich — bargustvon yopilgan. Ogʻir Himoya aslahalari 16—17-a. largacha qoʻllangan. 18—19-a. larda Yevropa armiyalarida yengil Himoya aslahalari (kaskalar, kirasalar va b.) udum boʻlgan. 1-jahon urushidan boshlab poʻlat kaska va shlyomlar, kollektiv himoya vositasi sifatida toʻp qalqoni, tank bronyalari va b. qoʻllanadigan boʻldi. Baʼzi zamonaviy armiyalarda poʻlat, neylon va b. koʻkrak «jilet»lari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые