HILMAND — Afgʻonistondagi daryo, quyi qismi Eronda. Uz. 1150 km. Havzasining mayd. 500 ming km2 (katta qismi choʻl). Hindukush togʻlaridan boshlanib, Dashti Margʻo va Registon tekisliklarida oqadi. Delta hosil qilib, Siston botigʻidagi Homun koʻliga quyiladi. Bosh irmogʻi — Argandob. Oʻrtacha suv sarfi 400—500 m3/ sek. Suvi bahor va yoz oylarida koʻpayadi. Suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Hilmand tarmoqlarida toʻgʻonlar qurilgan (eng kattasi Siston).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые