HIJOZ

HIJOZ — Saudiya Arabistonining Shim.-Gʻarbida joylashgan tarixiy viloyat. H. ning asosiy shahri — Makka johiliyat davrida ham Arabistonning savdo va madaniy markazi boʻlgan. 7-a. ning boshlarida Hijozda Muhammad (sav) yangi din — islomni targʻib etib, musulmon jamoasiga asos soldi. Xalifalikning poytaxti Madina, Makka sh. qatorida Hijoz musulmonlarning muqad-das ziyoratgoh joyiga aylangan. Xali-falik poytaxtni Suriyaga, soʻngra Iroqqa koʻchirsa ham, Hijoz muqaddas shaharlar tufayli oʻzining mumtoz diniy ahamiyatini saqlab qolgan. Xalifalik parchalangach, Hijoz turli musulmon davlatlari (Fotimiylar, Ayyubiylar, Mamluklar) tarkibiga kirgan. 1517-y. Misrni turklar bosib olgandan keyin Hijoz muqaddas shaharlari bilan birga Usmoniylar imperiyasiga qoʻshib olingan. 1811 — 18 y. da Muhammad Ali posho boshchiligidagi Misr qoʻshinlari Hijozni egallab olgan.

1840-y. dan uni turk gubernatori boshqargan. 1916-y. da Hijozda turk hukmronligiga qarshi (Makka sharifi Husayn ibn Ali boshchiligida) qoʻzgʻolon boshlangan. 1912—25 y. larda Hijoz nomigagina mustaqil qirollik boʻlgan. 1925-y. da Najd hokimi Ibn Saud H. ni egallab olgan. 1932-y. dan H. Saudiya Arabistonining qirol noiblari boshqaradigan viloyatlardan biriga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x