HIJO (arab. — boʻgʻin) — sheʼriy nutqning ritmik birligi, yaʼni soʻzning bir nafas zarbi bilan aytiladigan qismi. Hijo koʻpincha, tilshunoslikdagi boʻgʻin tushunchasiga toʻgʻri keladi, baʼzan boʻgʻindan farkli oʻlaroq undosh tovushning oʻzidan ham tuzilishi mumkin. Mas, Vasl bogi / ichra sendek / shohi zolim/ koʻrmadim, Ishq kuyi/da oʻzimdek/ notavone topmadim. (Alisher Navoiy) baytidagi vasl, ishq soʻzlaridagi l va q. undoshlari mustaqil Hijoni tashkil etadi. Hijo talaffuziga ketgan vakt va tuzilishiga koʻra ikkiga boʻlinadi; choʻziq (—) va qisqa (V) H. Choʻziq Hijo unli bilan tugasa, qisqasiga nisbatan choʻziqroq talaffuz qilinadi yoki undosh bilan tugaydi (chunonchi, yuqoridagi: Vas-l bogʻi kabi).
Hijolar ruknlarni tashkil etadi (yuqoridagi baytda 8 ta rukn bor). Aruz vaznidagi sheʼrlar uchun qisqa va choʻziq Hijo larning muayyan bir tartib — nisbatda kelishi va bundan hosil boʻladigan ruknlar asos boʻlsa, barmoq vaznidagi sheʼrlar ritmida boʻgʻinlarning soni va turoqlar asos boʻladi (yana q. Barmoq tizimi, Sheʼr tuzilishi, Shershunoslik).