HID BILISH AʼZOLARI — odam va hayvonlarning hid sezish aʼzolari. Odamda burun boʻshligʻining yuqori — orqa qismida joylashgan. Talaygina sut emizuvchilar burnidagi hid bilish qismi burun boʻshligʻi suyak devorining qoʻshimcha chigʻanogʻi hisobiga kengaygan. Sudralib yuruvchilar, baʼzan sut emizuvchilar burun toʻsi-gʻida Hid bilish aʼzolaridan boshqa yakobson aʼzosi ham bor. Baliqlarda Hid bilish aʼzolari juft burun oʻyigʻi yoki qopchiqlaridan iborat boʻlib, boshida — ogʻiz teshigi yonida joylashgan. Hasharotlar hidni antennalaridagi sensillalar bilan sezadi. Hid bilish aʼzolarining spetsifik funksiyasini ulardagi urchuqsimon hujayra — retseptorlar taʼminlaydi. Har bir hujayrada 2 oʻsimta bor: oʻsimtaning uzun va ingichka markazi hid bilish nervi tarkibiga kiradi; ikkinchi oʻsimta — periferik qismdir |peri-ferik qism umurtqali hayvonlarda hid biluv epiteliysi yuzasida toʻgʻno-gʻichsimon yoʻgʻonlashib tugaydi; bularda bir tutam ingichka (0,25—0,3 mkm) tuklar (uzunligi bir necha oʻn mkm) boʻladi|. Quruklikda, suvda yashovchi umurtqalilar va hasharotlarning hid biluv tuklari bez hujayralari ajratgan shilimshiq modda bilan qoplangan. Hidli moddalar molekulasi dastlab suv yoki havodan shu modda — oraliq muhitga tushadi. Shu tuklarda hujay-raning hidli moddalar molekulasi bilan birlamchi oʻzaro taʼsiri amalga oshadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые