HAZORASP — Hazorasp tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Xorazm viloyatining sharqida, Toshkent — Urganch avtomagistrali va t. y. yoqasida joylashgan. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Urganch sh.) dan 56 km jan.-sharq-da. Aholisi 16,7 ming kishi (2005). Hazorasp hududidan oʻtgan Hazorasp, Hassayop, Otaliq, Sipoi kanal va ariqlaridan suv oladi.
Hazorasp Xiva bilan birga Xorazm vohasining eng qad. qalʼa va aholi manzillaridan biridir. Hazorasp nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi, tilshunos va toponimist olimlar (Ya. Gʻulomov, S. P. Tolstov, F. Abdullayev, O. Madrahimov va b.)ning taʼkidlashicha, «Hazorasp» qad. xorazmiy tilida ming ot (hazor — ming, asp — ot) yoki ming otliq diyori maʼnosini bildiradi. Oʻtmishda muarrixlar uni «Qalʼai Sulaymon» deb ham ataganlar. Tarixchi olim M. Isxoqov taxminiga koʻra, «Hazorasp» atamasi «Aturaspend» — «Muqaddas olov manzili», «Otashgoh» maʼnosini bildiradi. Shahar toponimiyasi haqida mahalliy rivoyat va afsonalar ham mavjud. Baʼzi tarixiy maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, H. Xorazmning chekkasidagi himoya isteh-komi boʻlib, bu yerda mingga yaqin otliq qoʻshin Xorazmni sharqdan kelishi ehtimol tutilgan dushmandan muhofaza etgan. Shaharda Rashiduddin Vatvot, Minglisuluvxonim, Javxariy, Sakkokiy, Husayn Xorazmiy, Jaʼfar Hazoraspiy, Hayoliy, Umi-diy, Iskandar Mahmud kabi buyuk siy-molar, shoir, olim va tabiblar yetishib chiqqan.
Arxeologik qazishmalar natijasida Hazoraspning vu-judga kelishi ilk antik davrlarga oidligi aniqlandi.
Keyingi davrda Oʻzbekiston FAning Samarqand, Nukus va Xorazm regional arxeologiya boʻlimlarining 1996 — 2005-y. larda oʻtqazgan qazish ishlari natijasida shaharning 2700-y. avval bunyod boʻlganligi toʻgʻrisida materiallartopildi. Shahar toʻgʻrisida ilk yozma maʼlumotlar 9—10-a. Eron tarixchisi va filologi Tabariy, 10-a. tarixchi va geograflari Istaxriy va Muqadda-siylarning asarlarida uchraydi. Sayyoh geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning yozishicha, Hazorasp mustahkam qalʼ-ali katta shahar boʻlgan. Shahar yer yuzasiga chiqib qolgan tabiiy grunt suvi halqasi bilan oʻralgan. Qalʼaga faqat birgina gʻarb tomondagi maxsus yoʻl olib borgan. Xondamir va Mirxond, Abulgʻoziy Bahodirxon, Munis, Oga-hiylar asarlarida Hazoraspning tarixiga oid koʻp maʼlumotlar berilgan. Hazorasp toʻgʻrisida sayyoh, sharqshunos A. Vamberi ham qiziqarli maʼlumotlar yozib qoldirgan. 19-a. oxirida shaharda 8 masjid, madrasa, maktabxonalar faoliyat koʻrsatgan.
Hazoraspda 50 dan ziyod korxona va tashkilot, shu jumladan, paxta tozalash, gʻisht z-dlari, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, taʼmirlash ustaxonalari, mahalliy sanoat korxonalari, toʻqimachilik, palos f-kalari bor. Oʻzbekiston — Germaniya «Unixo» qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Butun Quyi Amudaryo regionida mashhur boʻlgan «Qo-zoqbozor» deb ataluvchi bozor mavjud. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Shuningdek, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. 4 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, q. x., iqtisodiyot, tibbiyot, ped. kasb-hunar kollejlari va b. oʻquv muassa-salari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi vauning tarmoqlari, madaniyat uyi, klub muassasalari, xiyobonlar, madaniyat va istirohat bogʻi, «Istiqlol» stadioni, sport zallari, futbol maydonlari va b. sport inshootlari mavjud. Karate va taekvondo sport klublari faoliyat koʻrsatadi.
Tuman markaziy kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, tugʻruqxona, xususiy poliklinika, kasalxona, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.
Hazoraspdan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Denov va b. shaharlarga, Xorazmning boshqa tumanlariga, qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl, Beruniy sh. lariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. shaharda tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa qoldiqlari (mil. av. 7—6-a. lar), Juma masjidi (18-a.) va b. saqlanib qolgan.
J. Mankovskaya L., Bulatova V. Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978 Qurbonniyozov R., Xorazm geografiyasi Urganch, 1996; Nurja nov K . va boshqalar, Hazorasp tarixi, Urganch, 1998; «Drevnosti Yujnogo Xorezma» (XAEE-XU1), M., 1992.