Haziniy Xo‘qandiy

Tarjimai hol

Haziniy Xo‘qandiy haqida ma’lumot Asl ism-sharifi Ziyovuddinxon Doniyolxon o‘g‘li Haziniy to‘ra.
1867 yili tug‘ilgan, 1923 yilda 56 yoshida vafot etgan. Qo‘qondagi Jome’ madrasasida tahsil olgan. Qur’on, tafsir, hadis, fiqh, kalom, adabiyot ilmlarini chuqur o‘zlashtirgan.

Tasavvuf ta’limoti bilan izchil shug‘ullangan. Xalq orasida “Haziniy to‘ra”, “Eshonbuva” nomlari bilan e’zozlangan. Uz davridagi qodiriya tariqatining mashhur shayxi sifatida e’tirof etilgan. Haziniy asarlari 1900 va 1920 yillar orasida ko‘chirilgan qo‘lyozma bayozlarda uchraydi. “Bayozi Haziniy”ning toshbosma nusxalari Uzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Adabiy merosi 4 ming misra atrofida. Shoir asarlarining aksariyatida tasavvuf va tarkidunyochilik ruhi, sof so‘fiyona ma’no va mazmun ustuvor. G‘azallari Diniy-ma’rifiy yo‘nalishda yaratilgani bois, Haziniy merosi mustaqillikkacha deyarli o‘rganilmagan, ijodi Ahmad Yassaviy, Sulaymon Bokirgoniy, So‘fi Olloyor kabi shoirlar she’rlari singari “diniy reaksion” adabiyot sifatida baholangan.
1992 yildan boshlab shoir tavalludining 125, 130, 140, 150 yillik yubileylari viloyat miqyosida nishonlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x