HAYSAM ibn KULAYB ashSHOSHIY, Imom ash-Shoshiy (toʻliq ismi Abu Saʼid al-Haysam ibn Kulayb ibn Surayj (Shurayh) ibn Maʼqil ashShoshiy al-Binkatiy atTur-kiy al-Adib) (? — 947) — yirik muhaddis. Shosh viloyatining markazi Binkataa tugʻilgan. U 9-a. ning 2-yarmi — 10-a. boshlarida Movarounnahr va Xurosonda hadis ilmi rivojlangan oltin davrda yashagan. Ilm-maʼrifat oʻrganish maqsadida Buxoro, Samarqand, Nasaf va Termiz kabi shaharlarda boʻlib, buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad atTermiziy va b. dan saboq olgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarga ham safar qilib, Balxda Zaka-riyo ibn Yahyo ibn Asad al-Marvaziy, Iso ibn Ahmad al-Asqaloniy, Bagʻdodda Abbos ibn Muhammad ad-Duriy, Yahyo ibn Jaʼfar az-Zabarqon kabi mashhur olimlardan taʼlim olgan va koʻplab shogirdlar yetishtirgan. Alloma ilmiy faoliyatining aksar qismi Buxoro va Samarqandda kechgan, Bin-katda vafot etgan. Hadislarga oid «al-Musnad» («alMusnad al-Kabir») asari bor. Mazkur asar 1992-y. doktor mahfuz arRahmon Zaynulloh tomonidan tadqiq etilib, bir necha jildi madinada nashr etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые