Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muhrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
- Hayotingiz torayib, yashashingiz qiyinlashib boryaptimi? Insonlarga yordam bering. Alloh xohlasa, natijasini koʻrasiz!
- Yuzsizlik, axloqsizlik yoyilgan sari odob eʼtiborni jalb qiladigan boʻlib boradi.
“Tarix muxrlagan soʻzlar”
Onasini uyiga olib kelgan oʻgʻilning javobi
– Onang sizlarning uyingizda yashayaptilarmi?
– Yoʻq, biz onamnikida yashayapmiz.
- Alloh taolo Oʻziga qurbat hosil qilayotgan va Oʻz huzurida martabasi yuksalayotgan bandalariga koʻp sinovlarni yuboradi. Zero, togʻlarga ham qor-yomgʻir koʻp yogʻadi.
- Siz hozir yashayotgan hayotni orzu qiladiganlar bor. Shuning uchun qanoatli boʻling va shukr qiling!
- Ikki narsa hayotga boʻlgan qarashingizni oʻzgartiradi:
- Bemorlik.
- Musofirlik.
Jubron Xalil Jubron
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/hayotingiz-torayib-yashashingiz-qiyinlashib-boryaptimi-insonlarga-yordam-bering/