Hayot kuzatuvlaridan qaydlar

Ayollardan biri debdi: puli koʻp va saxiy erkaklardan aqlu husn talab qilmaymiz.

 

* * *

Aksariyat pora olib, pora berishni odat qilganlar poraxoʻrlik yoʻqligi yoxud poraxoʻrlikka qarshi kurash haqida maddohlik qiladilar.

 

* * *

Ayrim rahbarlarning oʻz sohasining “pir”lari fikru mulohazasiga eʼtibor bermasligi achinarlidir.

 

* * *

Fikru soʻzingning haqiqiy maʼnosini tushunmaydigan, anglamaydiganlar bilan muloqotda boʻlmaslikka harakat qil.

 

* * *

Uyida erini nazar-pisand qilmaydiganlar ham koʻchada “xoʻjayin” deyishni qoyillatadi.

 

* * *

Oʻzining oʻta tor manfaati yoʻlida yurganlar ham “elu ulus manfaatini koʻzlab” gapiradilar.

 

* * *

Davlatu jamiyatdan ish, ish haqi, nafaqa va moddiy yordam soʻramasdan oʻz tirikchiligini qilib yurganlar ham tahsinga loyiqdirlar.

 

* * *

Ertaning gʻamu tashvishini qilib yurganlar aqlli odamlardir.

 

* * *

Moddiy yordamning oshkora koʻz-koʻz qilinishi – ehsonni minnat qilishdir.

 

* * *

Barchamiz hayotimiz yaxshi boʻlishini istaymiz, koʻpchiligimiz bu haqda maqtanishni odat qilamiz, ammo koʻp narsalar eskicha qolaveradi.

 

* * *

Oila tashvishi – eng muhim, eng zarur va eng yaxshi tashvishdir.

 

* * *

Mulkdoru amalda boʻlsang, har soʻzing dono fikr sifatida qabul qilinsa, mulksizu amalsiz boʻlsang, zarur va aqlli fikring ham eʼtiborsiz qoladi.

 

Abdishukur OMONOV

 

qashqadaryogz.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/hayot-kuzatuvlaridan-qaydlar-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x