HAYO

HAYO — axloqshunoslik tushunchasi. Muhim axloqiy meʼyor, ayni paytda xulqiy goʻzallikning asosiy belgilaridan biri. Hayo uyat hissi bilan oʻxshash boʻlsa-da, aslida andisha va iboga yaqin fazilat tarzi. sa namoyon boʻladi, u nafosat bilan uygʻunlashib ketadi. Uyat hissida insonning oʻzi sodir etgan yoki boshqalar vositasida amalga oshi-rilgan axloqiylikka zid xatti-hara-katlaridan noqulay vaziyatga tushish, oʻngʻaysizlanish holati paydo boʻladi, bu holat xattiharakat sodir etgandan soʻng ham davom etadi va koʻp hollarda vijdon azobini qoʻzgʻatadi. Hayoda esa mazkur holatlar sof maʼnaviy xarakterga ega boʻlib, ular xatti-harakat sodir etilayotgan paytdagina yuzaga chiqadi.

Hayoning insoniy sifat tarzidagi mavjudligi hayolilik boʻlib, kishining maʼnaviyatli, maʼrifatli, nomusli, ochiq koʻngilli ekanini anglatadi, uning ziddi — behayolik (hayosizlik) esa, aksincha, maʼnaviyatsizlik, nopoklikka moyillik, qalbi qattiqlik, vijdonsizlik kabi illatlar bilan xarakterlanadi. Hoz. kunda turli nivilizatsiyalarning oʻzaro aloqalari, baʼzan esa omuxtalashuvi, urbanizatsiya, modaparastlik singari zamonaviy ijtimoiy hodisalar Hayo lilikka maʼlum maʼnoda salbiy taʼsir koʻrsatayotir, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning oʻzini tutishi-da, muomalasida, kiyinishida bu taʼsirni yaqqol sezish mumkin. Oiladagi va maktabdagi tarbiyada Hayo li boʻlishlik — xulqiy goʻzallik, nazo-kat ekani, behayolik — xulqiy xunuklik va qoʻpollik ekanini uqtirish, shaxs erkinligi doimo oʻzgalar oldidagi masʼuliyat bilan bogʻlikligini tushuntirib borish muhim vazi-falardan biridir.

Abdulla Sher.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x