HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich

HAYITMETOV Abduqodir Hojimetovich (1926.27.5, Dangʻara tumani Qiyoliqum qishlogʻi — 2005.7.5, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), Filol. Fanlari d-ri (1965), prof. (1970). Oʻrta Osiyo un-tining sharqshunoslik f-tini tugatgan (1949). Oʻzbekistan FA Til va adabiyot in-tida kichik (1953-57), katta ilmiy xodim (1957—67), direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va boʻlim mudiri (1967—70; 1971—98), ilmiy maslahatchi (1998—2003), yetakchi ilmiy xodim (2003 ydan). Hayitmetovning adabiy-ilmiy faoliyati 50-y. larda hikoya va maqolalar yozish bilan boshlangan. Keyinchalik u faqati. t. ishlari bilan shugʻullangan va uning ilmiy faoliyati, asosan, buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy ijodini oʻrganishga bagʻishlangan. Hayitmetov «Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari» (1959), «Navoiy lirikasi» (1961), «Navoiyning ijodiy metodi» (1963), «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan», «Navoiy dahosi» (1970), «Hayot-baxsh chashma» (1974), «Navoiyxonlik suhbatlari» (1993) kabi asarlari bilan navoiyshunoslik fanini yangi bos-qichga koʻtargan.

Hayitmetov ilmiy faoliyatining muhim qismini oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixini yaratish bilan bogʻlis ishlar tashkil etadi. Uning ilmiy rahbarligi va bevosita ishtirokida oʻzbek tilida 5 j. li (1977—80), rus tilida 2 j. li (1991-92) «Oʻzbek adabiyoti tarixi» yaratilgan. Bundan tashqari, olim 4 j. li «Uzbek adabiyoti» majmuasi, 3 j. li «Uzbek poeziyasi antologiyasi», Ali-sher Navoiyning 15 va 20 j. li asarlar toʻplamlarini tuzishda faol ishtirok etgan. Navoiyning «Hayrat ul-abror» hamda «Farhod va Shirin» dos-tonlarining nasriy variantlarini tayyorlab nashr etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti la-ureati (1967, 1992). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2003).

As: Tabarruk izlar izidan, T., 1979; meros va ixlos, T., 1985; Navoiyxonlik suhbatlari, T., 1993; Temuriylar davri oʻzbek adabiyoti, T., 1996.

Ad.: Abduqodir Hojimetovich Hayitmetov (biobibliografiya), T., 1986; Vohidov R., Navoiy qalbila sirlashgan inson, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x