HAYDAROV Xoliqul Haydarovich

HAYDAROV Xoliqul Haydarovich (1933.16.3, Sariogʻoch, Chimkent viloyati) — Oʻzbekiston xalq rassomi (1977). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Toshkent viloyati Kalinin (hoz. Zangiota) tumanidagi 15-oʻrta maktabda rasm oʻqituvchisi (1954—60), Oʻzbekiston KP MK Birlashgan nashriyo-tining bosmaxonasida rassom (1960 — 67), Toshkent chinni z-dining badiiy lab. da yetakchi rassom (1967—93). Haydarov gaz. va jur. larda asarlari bilan qatnashgan. H. Toshkent chinni z-dida samarali ijod qildi: «Oʻzbekiston», «Oq olma», «Namanganning olmasi» kabi chinnilar toʻplamlarini yaratgan; birinchilardan boʻlib chinni buyumlar (asosan koʻza, lagan va b.)ga tasvir (por-tret) lar ishlashni boshlab bergan. beruniy, Ulugʻbek, Navoiy kabi mutafak-kirlar, turli ilm-fan, davlat arboblari vakillarining siymolarini chin-niga ishlagan. Haykaltaroshlik asarlari ham yaratdi (jumladan, «Toʻlebiy», mis, 2002, Sariogʻoch sh. da). «Haydarov hayoti va ijodi» nomli hujjatli film ishlangan (1991). Haydarov ishlaridan namunalar respublika va chet el koʻrgazmalarida namoyish etiladi, muzey va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x