HAYDAROV Nuriddin Usmonovich

HAYDAROV Nuriddin Usmonovich (1957.1.8, Oqqoʻrgʻon tumani — 2004.3.10, Toshkent) — estrada xonan-dasi. Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Shirali va jozibador ovoz sohibi. Fargʻona pedagogika in-tini tugatgan (1978). Fargʻona viloyati (1980-1986) va Oʻzbek davlat (1986—1993) filarmoniyalarida yakkaxon xonanda. Toshkent Harbiy texnik bilim yurti qoshidagi ansamblning badiiy rahbari (1994—2002), Toshkent sh. Ichki ishlar Bosh boshqarmasida Maʼnaviyat markazining direktori (2002—04).

Repertuaridan oʻzbek mumtoz va estrada qoʻshiqlari («Yulduzim», «Nasibam») hamda oʻzi bastalagan qoʻshiqlar («Oʻzbekiston polvonlari», «Ona», «Senga», «Qizlar», «Sehri bor» kabi) oʻrin olgan. «Doʻlana», «Yur, muhab-bat», «Davlatim» singari qoʻshiqlari ham ommalashgan. Haydarov ijrolari Oʻzteleradiokompaniyasining fonotekasiga yozilgan. Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Haydarov xotirasiga bagʻishlab «SE—Profi» kompaniyasi «Ayronchi qiz», «Doʻlana», «Yur, muhabbat» audio albomlari va «Kuzgi kayfiyat» video albomini chiqargan (2004).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x