HAYDAROBOD — Pokistonning jan.-sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 1,16 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Hind daryosi boʻyidagi port. Mamlakatning muhim sav-do-sanoat markazlaridan. Ip gazlama, tikuvchilik, sement, koʻn-poyabzal, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, tamaki sanoati korxonalari mavjud. mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Q. x. va elektro-texnika buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam, matolar toʻqiladi. Qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Sindh un-ti bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые