HAVONI TOZALASH

HAVONI TOZALASH — uy-joy, jamoat va sanoat binolaridagi havoni texnik vositalar yordamida chang va b. zararli moddalardan tozalash; havo ventilyatsiya va havoni konditsirlash tizimlari yordamida tozalanadi. sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar vaqtida ajralib chiqadigan va ifloslangan havo atmosferaga chiqarishdan oldin tozalanadi.

Havoni tozalash vositalari havoning ifloslik darajasiga va tozalashga qoʻyiladigan talabga qarab tanlanadi. Binolarga beriladigan havoni tozalashda koʻplab qoʻllanadigan qurilmalardan biri — havo filtrlaridir. Bunday qurilmalar ventilyatsiya va konditsirlash tizimlari tarkibiga kiradi. Ular yordamida binolardan atmosferaga chiqarib yuboriladigan (retsirkulyatsion) havoni ham tozalash mumkin. Retsirqu-lyatsion havo tarkibida chang koʻp boʻlsa, u avval chang yutkichlarda tozalanadi.

Sanoat binolarida texnologik jarayonlar natijasida ifloslangan havoni tozalash va zararsizlantirish uchun turli filtrlar, chang va gaz tutkichlar, chang choʻktirgich kameralar, sik-lonlar va b. uskunalar qoʻllanadi. If-loslangan havo tarkibidagi qattiq zar-ralar (mas, uchuvchi kullar)ni tutish uchun mexanik kul tutkichlar — sik-lonlar, multitsiklonlar hamda nam kul tutkichlardan foydalaniladi. Sik-lonlarning foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) 40—70%, qarshiligi 70 — 80 mm suv ustuniga teng, tuzilishi sodda, ishlatishi qulay, biroq biroz qoʻpolroq. Multiiiklonlar ancha ixcham, ishi ham samarali. Nam kul tutkichlar xavoni yaxshi tozalaydi, ammo ish jarayonida koʻp suv talab qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x