HAVO BILAN ISITISH

HAVO BILAN ISITISH — xonalar ni qizigan havo yordamida isitish. Havo qizdirgich, havo aylanadigan quvurlar, havo haydovchi va soʻruvchi qurilmalar, havoni ochib-yopish kla-panlaridan tashkil topgan. Havo issiq suv, bugʻ, yoqilgʻi va elektr quv-vati yordamida qizdiriladi. Qizigan havo polga, shipga yoki devorga oʻrnatiladigan agregatlar yordamida xonalarga yuboriladi.

Havo bilan isitish bilan i. ning retsirkulyatsion (foy-dalanilgan issiq havodan yana foydalaniladigan) va ventilyatsiya bilan qoʻshilgan xillari mavjud. Birinchi usulda qizdiriladigan havo istilayotgan xonaning oʻzidan olinadi. Ikkinchi usulda esa havoning bir qismi tashqaridan, qolgan qismi xonaning oʻzidan olinadi. Tashqi va ichki havoning hajmini istalgan nisbatda oʻzgartirish mumkin. Qizdiriladigan havoni faqat tashqaridan oladigan tizimlar ham bor. Bunday tizimlar, mas, bitta havo qizdirgich bilan bir necha xonadonni isitishda qoʻllaniladi (bunday holda sirkulyatsiya orqali havoning bir xonadondan ikkinchi xonadonga oʻtishi maqsadga muvo-fiq emas). Ish jarayonida zararli gaz yoki chang chiqadigan sanoat binolarida ham sirkulyatsiyadan foydalanilmaydi. Havo bilan isitish bilan i. tizimlarida havoning harakati havo qizdirgichdan oldingi va keyingi t-ralar hamda havo zichligi farqi evaziga tabiiy holatda yoki mexanik haydash tufayli sodir boʻladi. Keyingi holda elektr ventilya-torlardan foydalaniladi.

Havo bilan isitish bilan i. ning boshqa markaziy isi-tish tizimlaridan afzalligi shunda-ki, bunda metall kam sarflanadi (chunki suv yoki bugʻ bilan isitish tizimlaridagi singari metall isitish jihozlari va quvurlaridan foydalanilmaydi). Havo bilan isitish bilan i. ventilyatsiya bilan qoʻshilganda bir yoʻla xonadagi havoni moʻtadillashtiradi (konditsirlay-di). Sanoat binolari sexlarida, jamoat binolarida, xonalari koʻp boʻlgan binolarda (agar qurilish kon-struksiyalari boʻshliqlaridan havo kanali sifatida foydalanishning imkoni boʻlsa) Havo bilan isitish bilan i. koʻproq samara beradi. Havo bilan isitish bilan i., asosan, jamoat va sanoat binolarini isitishda qoʻllanadi. Rossiya, AQSH va b. rivojlangan davlatlarda Havo bilan isitish bilan i. tizimi turar joy binolarida ham qoʻllana boshladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x