Havaskorga havas

Erkin akaning Nozimaxon, Mohiraxon, Fozilaxon degan qizlari bor. Xurshidbek – bittayu bitta oʻgʻil. Toshkentda endigina ish boshlagan paytlarim ustozni ziyoratlab borganimda, u kishi astoydil taklif qilib, dedi:

– Xurshidbek oʻgʻlim uchta qizning orasida zerikibroq qolyapti. To uy olguningizcha, unga sherik boʻlib, biznikida yashab tursangiz-chi. Gulchehra opangiz bilan maslahatlashdik, boloxonani tugalay sizlarga beramiz.

Oʻta mashhur inson oʻzini menga shu qadar yaqin tutayotganidan juda quvonib ketgan boʻlsam-da, biron-bir nojoʻya qiligʻim bilan birdamas-birda gʻashini keltirib qoʻyishdan choʻchib, hozirda yolgʻizqoʻl kampirnikida yashab, unga dastyorlik qilib yuribman, qolaversa, sharoit shunaqangi tinchki, odamning yozgan sari yozgisi keladi, dedim.

Erkin aka buni eshitib, yelkamga qoʻl bosgancha, jiddiy qiyofada iltijolandi:

– Jon Anvarjon, oʻsha kampirnikidan mengayam bitta xona topib bering!

 

Anvar OBIDJON

 

“Yoshlik”, 2017 yil 10-son

https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/havaskorga-havas/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x