HASHSHOSHIYLAR

HASHSHOSHIYLAR (arab. – hashish chekuvchilar, giyohvandlar) — ismoiliylar ichidagi yashirin terrorchilik bilan shugʻullangan firqa tarafdorlari. 11-a. oxirida Eronda ismoiliylar harakatining boʻlinib ketishi natijasida paydo boʻlgan. Asoschisi — Hasan ibn Sabboh(1124-y. v. e.). Eronning shim.gʻarbidagi togʻlar orasida joylashgan Alamut qalʼasi Hashshoshiylar jamoasining markazi boʻlgan. Hashshoshiylar hara-kati Suriya va Livanda, keyinchalik Hindistonda ham tarqalgan. U Oʻrta Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlaridagi qarmatlar harakati bilan uzviy bogliq. Hashshoshiylar xalifalik va saljuqiylarga qarshi kurashgan. Hashshoshiylarning rahbarlari oʻzdush-manlarini oʻldirishni siyosiy kurashning asosiy vositasi deb bilgan. Hashshoshiylar gʻoyat yashirin holda ish koʻradigan va tarmoqlangan terrorchilik tashkilotini vujudga keltirgan. Oʻz maqsadlarini amalga oshirish (hukmdorlar, podsholar, qirollar va yirik namoyandalarni oʻldirish)da fidoyilar (qashshoq dehqon va shaharlik yoshlar)dan foydalangan. Terrorchi (fidoyi)larga giyoh-vand moddalarni isteʼmol qildi-rib, oʻlsa shubhasiz jannatga tushishiga ishontirgan. Birmuncha davr H. koʻp hukmdorlarga dahshat solib turgan, ulardan koʻplari (jum-ladan ayrim Yevropa mamlakatlari imperatorlari va qirollari ham) oʻz jonini saqlash uchun Hashshoshiylarga toʻlov toʻlab turgan. 1256-y. moʻgʻul istilo-chilari Alamutni bosib olib, Eronda Hashshoshiylar jamoasiga barham bergan. 1273-y. da mamluklar qoʻshini Suriya va Livandagi Hashshoshiylarning oxirgi tashki-lotlarini tugatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x