HASANOV Nabijon Azimovich

HASANOV Nabijon Azimovich (1913, Samarqand — 1972.28.8, Toshkent) — bastakor, sozanda (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Dastlab, T. Sodiqovdan nay va gʻijjak chalishni, oʻrgangan. Andijon teatrida sozanda (1927—29), Samarqand teatrida sozanda (1930—32), musiqa rahbari (1932-35, 1938—39) va bosh dirijyor (1945—47), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1936— 37), Navoiy teatri xalq cholgʻu asboblari ansambli (1939—44)da musiqa rahbari, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkes-trida konsertmeyster (1947—52, 1957—72), Oʻzbekiston davlat estra-dasi ashula va raqs ansamblida sozanda va badiiy rahbar (1952—55). Hasanov «Gʻunchalar» (T. Sodiqov b-n), «Oʻzbekiston qilichi» (M. Burhonov, T. Jalilov va b. b-n) kabi asarlarning mualliflaridan. Bastakorning isteʼdodi koʻproq ashula va qoʻshiqlarda namoyon boʻldi. Ayniqsa uning «Sallamno», «Koʻrdim», «Aylanay», «Jafo qilma» ashulalari, «Jona-jon oʻlkam», «Ona Samarqand», «Gi-los» kabi ommaviy va «Intizor», «Gulchehralar», «Charos» kabi lirik qoʻshiqlari, yalla namunalari («Baxt yallasi», «Yayra, goʻzal» va h. k.) mashhur. Ayrim («Sallamno» va b.) asarlari «Nola» kabi estrada guruhlari tomonidan yangicha talqin topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x