HASAN POʻLAT (Poʻlatov Hasan; 1911, Samara viloyati Barish tumani — 1942.7.9, Toshkent) — shoir. Dastlab Toshkent va Qoʻqondagi maktablarda oʻqigan. Namangandagi bolalar uyida tarbiyalangan va u maktab tahsilini Namanganda davom ettirgan. Botu 1929-y. da bolalar uy-ida tarbiyalanayotgan Hasan Poʻlatning mashq sheʼrlari bilan tanishib, uning 1930-y. da Samarqanddagi pedagogika in-tiga kirib oʻqishiga va dastlabki sheʼrlarining oʻzi muharrirlik qilgan «Alanga» jur. da eʼlon etili-shiga koʻmaklashgan. Hasan Poʻlatning «Kunlar kulganda» (1931), «Zarbachi kun» (1932), «Toza nafas» (1933) sheʼriy toʻplamlari talabalik yillarida nashr etilgan. Hasan Poʻlat, shuningdek, «Postda» (1934), «Yurak sadosi» (1942) sheʼriy toʻplamlari, «Pol-von» (1934), «Qobil», «Dongdor paxtakor» (1936), «Mehribonlar» (1939) dostonlari muallifi. Hasan Poʻlat sheʼriy isteʼdodi endigina barq ura boshlagan vaqtda fojiali ravishda halok boʻlgan. Vafotidan keyin «Tanlangan sheʼrlar» (1950) va «Tanlangan asarlar»i (1956) Oybekning soʻzboshisi bilan nashr etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые