HARF

HARFalifbo sirasida boʻlgan, yozuvda nutq tovushlarini (fonemalarni), ularning variantlari va baʼzi bir qoʻshilmalarini ifodalash uchun xizmat qiladigan bosma yoki yozma grafik belgi. Odatda har bir Harf bir tovush (fonema)ni bildiradi, lekin yozilgan soʻzning Harf larga ajralishi va tegishlicha talaffuz etiluvchi soʻzning fonemalarga ajralishi ideal holatdagina oʻzaro mos keladi. Amalda bunday moslik deyarli uchramaydi: baʼzi Harflar (grafemalar) 2 tovushni ifo-dalashi mumkin: yo (y+o), yu (y+u), ya (y+a), s (t+s) kabi. Shuningdek, bir tovush (fonema) birdan ortiq Harf bilan ham ifodalanadi. Mas, oʻzbek lotin alifbosidagi [p§] H. lari qoʻshilmasi 1 ta burun tovushini, nemis alifbosidagi [ksN 1 H. lari qoʻshilmasi shovqinli sirgʻaluvchi (sh) tovushini bildiradi. Baʼzan nemischa matnda bir Harf (5) ning oʻzi, qayerda kelishiga qarab, 3 xil tovushni (z, s, sh undoshlarini) ifodalaydi. Oʻzbek alifbosidagi [o| harfi esa yozuvda 4 ta har xil tovushni: sof oʻzbekcha soʻzlarda bir xil, rus va yevropa tillaridan oʻzlashgan soʻzlarda urgʻuli holatda yana bir xil, urgu-siz holatda esa a, i unlilarini bildiradi.

Harflar hajm-shakl jihatdan 2 xil boʻladi: bosh H. va kichik H. Bosh Harf — ayrimlari hajmi b-n, ayrimlari esa shakli bilan ham kichik Harf lardan farqlanadigan va imlo qoidalari asosida tegishli oʻrinlarda ishlatiladigan Harf ; k i ch i k H. — imlo qoidalariga koʻra bosh Harf yoziladigan hollardan boshqa har qanday holatda qoʻllanadigan H. Bosh va kichik Harf larning rasmiy qoʻlyozma shakllari maxsus oʻquv qoʻllanmalari — «Husnixat»larda koʻrsatiladi; ularni qoʻllash qoidalari imloda belgilab beriladi. Bosh Harf va uning amalda qoʻllanishi nis-batan keyingi hodisa hisoblanadi. Mas, bosh Harflar lotin yozuvida mi lodning dastlabki asrlarida, ruski-rill yozuvida esa 18—19-a. larda barqarorlashgan. Bosh Harf asosan yunon, lotin va kirill alifbolariga hamda ular asosida shakllangan boshqa alif-bolarga xosdir. Arab, hind alifbolarida, iyeroglifik yozuvlarda Harflar katta (bosh) va kichik xillarga ajralmaydi [biroq arab alifbosi (yozu-vi)da aksariyat Harflar alohida, soʻz boshida, oʻrtasida va oxirida turi-shiga qarab shaklan farqlanadi]. Shuningdek, uslub talabiga koʻra Harf larning qora (yoʻgʻon) va kursiv (qiya va yozmachaga oʻxshash) shakllari ham farqlanadi.

Ly..Istrin V. A., Razvitiye pisma, M., 1961,Diringer D., Alfavit, per. s angl., M., 1963,1Sepkin V. N., Russkaya paleogra-fiya, M., 1967,Fridrix I., Istoriya pis-ma, per. s nem., M., 1979; Am irova T. D., Funksionalnaya vzaimosvyaz pismennogo i zvukovogo yazmka, M., 1985; Zinder L. R., Ocherk obshey teoriy pisma, L., 1987.

Abduvahob Madvaliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x