HARBIY OKRUGLAR

HARBIY OKRUGLAR — operatsion yoʻnalishlarda mamlakatning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taʼmin-lovchi asosiy harbiy-maʼmuriy birlik hamda umumqoʻshin tezkor-strategik hududiy birlashmasi. Harbiy okruglar tarifi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-y. 11-mayda qabul qilingan «Mudofaa toʻgrisida»gi qonunning 12-moddasida belgilab berilgan.

Harbiy okruglar zimmalariga yuklangan vazifalarni bajaradilar hamda qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qiladilar. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 5 harbiy okrug boʻlib, ular: Shim.-gʻarbiy Harbiy okruglar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati hududi), okrug shtabi Nukus sh. da; Jan.-gʻarbiy maxsus Harbiy okruglar (Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari), okrug shtabi Qarshi sh. da; Markaziy Harbiy okruglar (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari), okrug shtabi Jiz-zax sh. da; Toshkent H. o. (Toshkent sh. va Toshkent viloyati), okrug shtabi Toshkent sh. da; Sharqiy Harbiy okruglar (Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari), ok-rug shtabi Margʻilon sh. da joylashgan.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x