HARBIY JINOYATLAR

HARBIY JINOYATLAR — harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy mashqni oʻtash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. Bunday jinoyatlar boʻysunmaslik, yaʼni buyruqni bajarishdan ochiqdan-ochiq bosh tortish, shuningdek, buy-ruqni boshqa tarzda qasddan bajarmaslik, boshliqqa qarshilik koʻrsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish, boshliqni qoʻrqitish, uni haqorat qilish yoki boshliqning oʻziga boʻysunuvchini haqoratla-shi, marodyorlik, harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, dezertirlik, harbiy mulkni sakdash va undan foydalanish tartibini buzish kabi shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining JKda harbiy xizmatni oʻtash tartibiga qarshi jinoyatni sodir qilganlik uchun tegishli jazo belgilangan (279—302-moddalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x