“Har sabohdek shoʻxligʻni qilma izhor, ey nasim”

VOLA muxammaslaridan

 

NAVOIY GʻAZALIGA MUXAMMAS

 

Zulfin, ey mashshota, tarqab husni behamtogʻa soch,
Sunbulin gul uzra, yaʼni orazi zebogʻa soch,
Shom atrin subh yangligʻ safhai bayzogʻa soch,
Turra margʻulin ochib, ruxsori mahsiymogʻa soch,
Tun savodi anbarin mehri jahonorogʻa soch.

 

Yusufiston baytul ehzoiim bu axshom, ey sipehr,
Maqdami osori imonim bu axshom, ey sipehr,
Husnigʻa parvonadur jonim bu axshom, ey sipehr,
Yerdur shamʼi shabistonim bu axshom, ey sipehr,
Axtaringning durlarin bu bazmi mehrosogʻa soch.

 

Har sabohdek shoʻxligʻni qilma izhor, ey nasim,
Berma ilkingdin adab rasmini zinhor, ey nasim,
Lek bu bogʻ ichra boʻlgʻaysen xabardor, ey nasim,
Sarvi gulroʻyum qilur gulgashti gulzor, ey nasim,
Dam-badam sorigʻ, qizil gul ul guli raʼnogʻa soch.

 

Mehribonligʻ mujdasin yetkurdi ul nomehribon,
Hajr oʻtigʻa kuyma bir dam emdi, ey afsurda jon,
Vasli davroni yaqindur chekma, ey koʻngul, figʻon,
Yigʻlama, ey koʻzki, ul oy boʻlgʻusidur mehmon,
Gar sochar sen yuz guhar, ul gavhari yaktogʻa soch.

 

Dayr aro ne ishva paydo aylading, ey mugʻbacha,
Kufr elin koʻnglini yagʻmo aylading, ey mugʻbacha,
Har taraf yuz fitna barpo aylading, ey mugʻbacha,
Zuhd elin may birla rasvo aylading, ey mugʻbacha,
Jurʼaye yetti-yu, rahm aylab meni rasvogʻa soch.

 

Ahli islom ichra ar Bastomiy boʻlsun, v-ar Junayd,
Olgʻusi koʻngullarin ul kofir aylab makru qayd,
Emdi kim olamda qoldi qilmay ul sayyod sayd,

Din aro din ahlining boʻynigʻa zulfi boʻlsa qayd,
Bulʼajab zunnordur ul dilbari tarsogʻa toch.

 

Har necha qilsang karam muhtojdin tutma darigʻ,
Lutf mustagʻniygʻa qilmoq sudi yoʻq, bilgil anigʻ,
Bir giyahdek menki, yomgʻur koʻrmagan, rangi sarigʻ,
Tashnagʻa ber fayz, ey abri karamkim, ne asigʻ,
Garchi suv yuz qatla daryodin olib daryogʻa soch.

 

Qilmagʻaysan andin oʻzga yor vasfin guftugoʻ,
Istasang ikki jahon bogʻida guldek obroʻ,
Voladek doim ul oy vaslinn etgil justujoʻ,’
Ey Navoiy, umri jovid aylar ersang orzu,
Bas, jahonning naqdini ul laʼli ruhafzogʻa soch.

 

* * *

 

Na oʻtlugʻ oraz erkan shuʼlasi jismimgʻa jo qilmish,
Na hijron tigʻi erkan band-bandimdin judo qilmish,
Na kofir koʻzlar erkan dinu imondin judo qilmish,
Na xam qoshlar dururkim hasrati qaddimni yo qilmish,
Na kipriklar oʻqikim, roʻzgorimni qaro qilmish.

 

Yozibdur qismatim roʻzi azalda xomai yazdon,
Qutulmaqlik bu ishdin qayda boʻlgʻay zarraye imkon,
Deding: “Ishqingni tark et. Vah, bu ish ermas manga oson,
Qazodindur manga ishq oʻynamoq, ey nosihi nodon,
Koʻrubsenmu kishi hargizki tagʻyiri qazo qilmish?

 

Solibdur boshima gardun havoi dilrabolarni,
Alarga oshno, begona aylab oshnolarni,
Qilib shahlar gado-yu, podshoh aylab” gadolarni,
Ajab koʻr ishq arokim moʻr etar, vah, ajdaholarni,
Fusundin moʻr xatlar qayda zulfin ajdaho qilmish.

 

Tavofi Kaʼbai koʻyungga tokim bogʻladim ehrom,
Quyundek poʻya aylab, tutmayin bir yerga hech orom,
Yetib koʻyiga, shaylillah tortib aylagach ibrom,
Ne nozikxoʻ erurkim, aylamish oʻtruda yuz dashnom,
Gadoyekim, ani qoshu koʻzu qaddin duo qilmish.

 

Ogʻiz ochmam ul oyning gʻayr jomi vasl shukridin,
Tilimgʻa oʻzga soʻz mazkur emasdur laʼli zikridin,
Emasdur Vola forigʻ bir zamone oni fikridin,
Navoiyning xalosi yoʻq edi ul gʻamza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dagʻi boʻynumgʻa toqilmysh.

 

* * *

 

Sandek qachon mahbublar, ey shoʻx, jobir boʻlgʻusi,
Ushshoq xayli men kabi har necha sobir boʻlgʻusi,
Umrim firoqing zulmidin albatta oxir boʻlgʻusi,
Ishq ahli goʻristonida qabrim chu zohir boʻlgʻusi,
Farhod oning toshin yoʻnib, Majnun mujovir boʻlgʻusi.

 

Netsun jamoling hajrida oy lamʼasin gar yuz budur,
Hay qatrasidin anda koʻp koʻrgach, dedim yulduz budur,
Jonu tanim kuysa ne tong, ishqing oʻtida soʻz budur,
Dersen, yuzum sori koʻzung koʻp boqmasun, gar koʻz budur,
Ul mehr tobidin erib oqquncha nozir boʻlgʻusi.

 

Har nechakim el qatligʻa fatton koʻzung aylar jadal,
Jon bergusidur lablaring dahr ahligʻa soʻz der mahal,
Lutfing qoshida zahrdur hayvon suyi gar filmasal,
Gʻamzangdin oʻlturmak ishin taʼlim ola kelmish ajal,
Bu navʼ ustoz oʻlsa, ul tez chogʻda mohir boʻlgʻusi.

 

Ohimni dudi boʻlmadi koʻnglum oʻtining rofei,
Zulfung savodi ne ajab boʻlsa jamoling lomei,
Zulmat aro qolmas nihon mehri tajalliy tolei,
Xatti gʻubori demakim, boʻlgʻusi ul yuz monei,
Tun pardasi oy nurigʻa ne navʼ sotir boʻlgʻusi.

 

Subhimni, jono, aylamish hajring mubaddal shomgʻa,
Lekin tarahhum qilmading hargiz meni nokomgʻa,
Ishqing meni zor ayladi tushgan kibi qush domgʻa,
Ul gʻamza kufridin koʻngul navʼye kelur islomgʻa,
Kim tarki islom aylabon goʻyoki kofir boʻlgʻusi.,

 

Ishqing oʻti tugʻyonidur jismim aro mugʻ dayridek,
Jon bulbuli anda, ne tong, talpinsa koʻnglum tayridek,
Bilmay menga qilding jafo ahli muhabbat gʻayridek,

Boʻlgʻusi mutlaq shuʼlalar ichra samandar sayridek,
Sensiz koʻngul gulzor aro ul damki soyir oʻlgʻusi.

 

Botin safo topsun desang, afʼoli zohir dafʼin et,
Albatta koʻngul lavhidin naqshi mazohir dafʼin et,
Gar maqsading diydor erur, ul navʼ sotir-dafʼin et,
Xotirni jamʼ istar esang, avval xavotir dafʼin et,
Kimki xavotir boʻlmasa, osuda xotir boʻlgʻusi.

 

Margʻub zotingni kishi gar anglasa tanzihini,
Yuz yil qilolmas fikr etib mingdin biri tavjihini,
Gar Voladek bersang ne tong ul choʻp ila tanbihini,
Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihi tashbihini,
Bu tabʼi nomavzun bila bechora shoir boʻlgʻusi.

 

MAHZUN GʻAZALIGA MUXAMMAS

 

Seni mahbublik mulkida ulkim arjumand etti,
Mani ham ishq vodisida zoru mustamand etti,
Yuzungni, ey parivash, gul kabi xotir pisand etti,
Azal dehqoni qadding naxlini to sarbaland etti,
Muhabbat rishtasi koʻnglum qushi boʻynigʻa band etti,

 

Murodim boʻlmadi oʻl shoʻxdin hosil chiqib, vahkim,
Mani oʻldurdi boʻlgʻach oʻzgaga moyil chiqib, vahkim,
Demang, ishq ahlini qatligʻa ul qoyil chiqib, vahkim,
Buti.nomehribonim masti loyaʼqil chiqib, vahkim,
Boshimgʻa sekratib, xoki tanim gardi samand etti.

 

Quyoshga oʻxshatur avval jamolin aqli koʻtohi,
Nedinkim anga yetmas ishq elining nolau ohi,
Boqib oʻz jilvasigʻa noz ila tovus kabi gohi,
Yamon koʻz tegmasun husnumgʻa deb ul xoʻblar shohi,
Jamoli otashigʻa donai xolin sipand etti.

 

Koʻngul berdim koʻzu qoshingga, jono, asru dilkash deb,
Tarahhum qilmading hargiz, bu bir zori balokash, deb,
Jamiiʼ dilrabolardkn seni mumtoz mahvash deb,
Maloik shahnasi xurshidni husnigʻa sarkash deb,
Eshib, aylanturub, taʼzir uchun gardungʻa band etti.

 

Yangi oydekqoshi fikrlda qaddim turfa zor erdi,
Labini hasratidin ham hazin jonim figor erdi,
Visoli bodasidin Vola koʻp ummidvor erdi,
Qiyo boqgʻaymu deb, Mahzun, koʻngul koʻp intizor erdi,
Bihamdillahki, mijgon novakidin bahramand etti.

 

HOFIZ GʻAZALIGA MUXAMMAS

 

Maro roʻzeki, ey gardun, az on mah dur afkandi, _
Ba olam z-on sabab hargiz nadidam roʻi xursandi,
Shabe nogah dar on holat ba ummedi barum andi,
Sahar bar bod meguftam hadisi orzumandi,
Xitob omad, ki vosiq shav ba altofi xudovandi.

 

Namedonam chi kayfiyat buvad dar ishqi afsunsoz,
Naboshad dar rahash az yakdigar shohu gado mumtoz,
Kase ogah nashud az kori oʻ sehr ast yo eʼjoz,
Qalamro on zabbn nabvad ki sirri ishq goʻyand boz,
Burun az haddi taqrir ast sharhi orzumandi.

 

Sabab az ashki surxam, noseho, z-on roʻi gulgun purs,
Zi xuboni jafojoʻ holimahjuroni dilxun purs,
Birav az jilvai Shiryn, gʻami Farhodi mahzun purs,
Dil andar zulfi Layli bandu kori ishqi Majnun purs,
Ki oshiqro ziyon dorad maqoloti xiradmandi.

 

Labi laʼli duraxshonat ravonbaxsh astu shoʻrangez,
Suxanhoya itoboludaat shahd astu soʻzangez,
Ba nozi gʻamza chashmonat nishotafzou ham xunrez,
Ba sehri gʻamzai fatton davobaxsh astu dardangez,
Ba chini zulfi mushkafshon diloromevu dilbandi.

 

Baqoi davlati Qaysar binoi hashmati Fagʻfur,
1’izoi tabʼy darveshon kunad poyandau masrur,
Buvad oinai choh az duoi ojizon purnur,
Alo, ey Yusufi Misri, ki kardad saltanat magʻrur,
Padarro boz purs oxir, kucho shud mehri farzandi?

 

Bu olifitrati az baski bo dunon majoʻ payvand,
Bu mehr az xoki zulmoti ba soʻhbat siflaro meband,

Zi nopokon kashad albatta doman har saodatmand,
Humoi chun tu oliqadr hirsi ustuxone chand?

Daregʻ on soyai davlat, ki bar noahl afkandi.

 

Ba yodi doʻst har jo chashmi oshiq giryaolud ast,
Ki fayzi on guharho hamchu kavkabhoi masʼud ast,
Shikasta xotiru soʻzi dil injo boisy sud ast,
Duoi subhu shomi tu kalidi ganji maqsud ast,
Ba in rohu ravish merav, ki bo dildor payvandi.

 

Buvad in Vola kamtar az sagoni orifon harchand,

Ba amri shah ba roʻhi Xoja shud, lekin tavajjuhmand,

Chi mumkin v-arna dar abyoti u harfe kunad payvand,
Ba sheʼri Hofizi Sheroz mexonandu meraqsand,
Siyahchashmoni kashmiriyu arkoni samarqandi.

https://saviya.uz/ijod/nazm/har-sabohdek-shoxligni-qilma-izhor-ey-nasim/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x