“Har qancha yigʻlasang ham ota-onang oldida hech qachon yigʻlama!”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

***** 

  • Xursand boʻlib turganingda vaʼdalar berma.
  • Gʻazablanib turganingda gapirma.
  • Siqilib turganingda qaror qabul qilma.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

 *****

 Keladigan manfaat tugagach, baʼzilarning doʻstligi ham tugar ekan.

 *****

 Muhabbat faqat romantikadan iborat emas. Balki u hurmat, eʼtibor va ishonchdan iboratdir.

 *****

 Men birovni, hatto meni xoʻrlagan doʻstlarimni ham yomon koʻrmayman. Ularni haliyam yaxshi koʻraman. Lekin endi ularni yana doʻstlikka qabul qilolmayman.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

*****

 Har qancha yigʻlasang ham ota-onang oldida hech qachon yigʻlama!

 *****

 Ayolingiz sizning har doim hamroh, suyanchiq va sokinlik manbai ekaningizni his etsin!

 *****

 Sadaqa berayotganingda, bu kishi pulimga muhtoj, demagin! Balki, Robbimning magʻfiratiga va sadaqaning savobiga men muhtojman, degin.

 *****

 Aql ziyoda boʻlgani sari uzlat (yolgʻizlik, xoli qolish)ga mayl ortib borar ekan.

«Tarix muxrlagan soʻzlar»

 *****

 Ortingdan gapirishadi. Chunki ular chindan ham sendan orqada-da.

“Tarix muxrlagan soʻzlar”

 *****

 Ota-onaga qilinadigan yaxshiliklarning eng oliysi – gʻamlaring, muammolaring va ogʻriqlaringni ularga aytmasligingdir. Chunki, ular oʻsha narsalarga sendan koʻra oʻn chandon koʻproq gʻam-alam chekadilar.

“Saralangan goʻzal hikmatlar”

 *****

 Xursand kuningda sen bilan birga kulganni unutsang ham, qiyin vaziyatda sen bilan birga yigʻlaganni aslo unutma.

“Qisqa nasihatlar”

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/har-qancha-yiglasang-ham-ota-onang-oldida-hech-qachon-yiglama/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x