“Har nechuk dogʻ oʻlsa oʻlsun, dogʻi hijron oʻlmasun…”

Sulton Yaʼqub saylanmasidan parchalar

 

***

Chun tikandin ayru ermaz doyimo gul yafrogʻi,

Ne uchun olur kafi poyin koʻzum mujgonidin?

 

***

Kim emas oshiq senga, solsang meni koʻzdin vale,

Oshiqekim sodiq oʻla, man kimi kam dopasen,

 

Ey nasihatgoʻ, Navoiy yaxshidur deb istading,

Bilmadingkim, buyla bir rasvoyi olam dopasen.

 

***

Yuz balo har dam dopar hijron bu mahzun jon ichun,

Tengri goʻyokim yaratmishtur meni hijron ichun.

 

***

Sensizin, ey umr, bir soat manga jon oʻlmasun,

Sen boʻlu bas, toʻbiyu firdavsu rizvon oʻlmasun.

 

Soʻylamishsen, kuydurum bir dogʻ ila koʻnglin aning,

Har nechuk dogʻ oʻlsa oʻlsun, dogʻi hijron oʻlmasun.

 

***

Qoshigʻa qilgʻach sujud, oʻlturdi ul kofir meni,

Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon boʻlmasun.

 

***

Bir xabar ver, ey sabo, sarvi ravonimdin manim,

Kim kuyar jon lolatak dogʻi nihonimdin manim.

 

Har nasimekim kelur ul soridin, soʻrung xabar

Koʻngul otligʻ bir zaifi notavonimdin manim.

 

Nogahon fikr aylasamkim, ne kishidin ayrumen,

Men biluram ne kechar ul lahza jonimdin manim.

 

Ey Navoiy, maqtalimdin bosh chixaran lolalar,

Dogʻi koʻnglumdin manimdur, rangi qonimdin manim.

 

***

Novaking koʻnglum aro sanda deyu payvand ichun,

Koʻz qorasi obnoʻsu qon yoshim oʻlmish baqam.

 

***

Ishq ila oʻldum masal savdo bila afsona ham,

Shukr yana kim, yana oshiqmenu devona ham.

 

To unutdi oshnoligʻ dushman ul begonavash,

Oshno yigʻlar mening holim koʻrub, begona ham.

 

Xalqa mehring bor, buzuq koʻnglumgʻa ham bir zarra boq,

Kim gunashning tobidin mahrum emas vayrona ham.

 

***

Ey Navoiy, gar soʻzungni yor eshitmaz ayb emas,

Durdugʻi ilan quloxdur hech eshitmaz pand gul.

 

***

Gard emas girdinda, balkim koʻrmasun deb el koʻzi

Volavu sargashta joni xoksorimdur manim.

 

Markabining naʼlidin har dam choxilgʻon oʻd emas,

Kim koʻngul odlu zaifi beqarorimdur manim.

 

***

Visol ichra yuzin koʻrgach, ajab yoʻx shodligʻ ashkim,

Bahor ayyomida kun chixsa ham yogʻmur yogʻar gohi.

 

Alisher Navoiy

https://saviya.uz/ijod/nasr/har-nechuk-dog-olsa-olsun-dogi-hijron-olmasun/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x