HAQQULOBOD

HAQQULOBODNamangan viloyati Norin tumanidagi shahar (1974-y. dan), tuman markazi. Viloyatning sharqida. T. y. stansiyasi. Viloyat markazi (Namangan sh.) gacha 40 km. Aholisi 27,5 ming kishidan ziyod (2005). «No-rintola» paxta tozalash z-di, non mahsulotlari i. ch. korxonalari, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik f-kalari, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, mik-rofirmalar, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsa-tish shoxobchalari bor. Toʻqimachilikka ixtisoslashgan Oʻzbekiston—Litva «Klayna-Tekstil», «Haqqulobod-PIK» qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. Milliy hunarmandchilikning kosibchilik, zardoʻzlik va b. sohalari rivojlangan.

6 umumiy taʼlim maktabi, aniq fanlar va ingliz tiliga ixtisoslashgan internat maktabi, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 4 shoxobchasi, bolalar kutubxonasi, klub muassasalari, «Shodlik» stadioni mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, kattalar va bolalar poliklinikalari, oʻsmirlar stomatologiya poliklinikasi, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Shahar hududidan AndijonToshkent t. y. oʻtadi. Haqquloboddan Namangan, Andijon, Margʻilon, Uchqoʻrgʻon va viloyatning b. yirik shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x